Buxoro yangiliklari

O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohada 2025-yilgacha hamkorlik qilish dasturini imzoladi

photo 241

Loading

Bugun, 28-aprel kuni Buxoroda O‘zbekiston va Rossiyaning 2021–2025-yillarda harbiy sohadagi strategik sheriklik dasturi ikki mamlakat mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Bahodir Qurbonov tomonidan imzolandi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Rossiya mudofaa vaziri bunday hujjat birinchi marta ishlab chiqilganini ma’lum qilib, harbiy sohadagi munosabatlarning yuqori darajasi, avvalo, mamlakatlar prezidentlari o‘rtasidagi munosabatlar sababli rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, u O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovga O‘zbekistonning fashizmni mag‘lub etishga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi arxiv hujjatlari to‘plamini topshirgan va o‘zbekistonlik hamkasblarini Rossiya Mudofaa vazirligining 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha to‘qqizinchi Moskva konferensiyasi, Xalqaro «Armiya» harbiy-texnik forumi, Xalqaro armiya o‘yinlariga taklif qilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.