Buxoro yangiliklari
«Mehr 5» operatsiyasi: 93 nafar o‘zbekistonlik Suriyadan olib kelindi
Muborak oyda O‘zbekiston rahbariyati xayrli ishni amalga oshirdi!
So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlarini himoya qilishga, uning haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Zero, har bir O‘zbekiston fuqarosi davlat himoyasida ekani Bosh qomusimizda o‘zining mustahkam ifodasini topgan. Shu ma’noda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra va bevosita nazorati ostida xorijiy yurtlarda qiyin sharoitga tushib qolgan vatandoshlarimizga ko‘mak berish, ularni mamlakatimizga qaytarish hamda jamiyatimizga to‘laqonli moslashishini ta’minlash bo‘yicha “Mehr” insonparvarlik operatsiyalari amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kungacha o‘tkazilgan “Mehr 1”, “Mehr 2”, “Mehr 3” va “Mehr 4” operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistonda og‘ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan 438 nafar ayollar va bolalar mamlakatimizga olib kelindi. Ta’kidlash lozimki, turmush o‘rtog‘i yoki otasining qistovi yoxud ta’siri ostida “olovli nuqtalar”ga borib qolgan bu insonlar bugun davlatimiz, bag‘rikeng xalqimiz g‘amxo‘rligi va e’tibori ostida tinch-osuda hayot kechirmoqda. Hayotga yangicha ko‘z, yangicha yondashuv bilan qaramoqda.
Muborak Ramazon oyida ham AQSh va boshqa hamkor davlatlar ko‘magi bilan amalga oshirilgan “Mehr-5” operatsiyasi natijasida Suriya hududidagi urush ketayotgan “qaynoq nuqtalarga” borib qolib, “Al-Hol” lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida ushlab turilgan 24 nafar ayollar va 69 nafar bolalar O‘zbekistonga qaytarildi.
Ta’kidlash lozimki, bu ayollar mutaassiblik natijasida terrorchilik yo‘liga kirgan turmush o‘rtoqlarining undovi bilan Suriyaga borgan va erlarini janglarda yo‘qotib, o‘zlari beva, farzandlari esa yetim qolgan. Shuningdek, bugun Vatanga olib kelingan bolalar orasida ham otasini, ham onasini yo‘qotgan 7 nafar chin yetim bola bor.
Achinarlisi, taqdirning achchiq qismatiga duch kelgan bu vatandoshlarimiz hayot kechirish uchun zarur bo‘ladigan eng oddiy sharoitlardan mahrum holatda yashashga majbur bo‘lgan.
Endilikda bu ayollar va bolalar Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriysiga joylashtiriladi hamda ularga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshiriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, hozirgacha faqat buguni bilan yashagan, har kecha joni hadikda, yana tong otishiga ishonmay uyquga yotgan 93 nafar inson bugundan e’tiboran ertangi kunga ishonch tuyg‘usi bilan, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayotda umr kechira boshlaydi. Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini harbiy mojaroli zonalardan olib chiqish bilan faol shug‘ullanayotgan kam sonli davlatlardan biri sanaladi.
Vatan – inson uchun eng ulug‘, eng muqaddas maskan. Bejizga uni onaga qiyoslashmaydi. Zero, har bir inson onasi bag‘rida, vatani quchog‘ida baxtiyor yashashi hayotning sinalgan haqiqatidir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi