Buxoro yangiliklari
Hovlisida ko‘knor yetishtirgan shofirkonlik erkak qo‘lga olindi
Shofirkonda IIB va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, egallash, tayyorlash, olish, saqlash kabi turli harakatlar qilish, hamda ularni o‘tkazish, iste’mol qilishga jalb etish, ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan shaxsning kirdikorlari fosh etildi.
Joriy yilning 4-may kuni Shofirkon tumani “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi 1956-yilda tug‘ilgan R. R. o‘zining yashash uyi tomorqa yerida 1 608 tup “Ko‘knor o‘simligi” ni qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Bundan tashqari o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv hamda tezkor surishtiruv harakatlari davomida fuqaro R. R. ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, oshxona devori oldida turgan jovon ustida sof vazni 6,61 grammga teng bo‘lgan “Ko‘knor hashagi” ni qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi ham ma’lum bo‘lib, tegishli tartida hujjatlashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan fuqaro R. R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 270- va 276-moddalari 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi