Buxoro yangiliklari

Romitanda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

photo 246

Loading

Joriy yilning 19–21-may kunlari Romitan tumanida Tojikiston Respublikasidagi Sarez ko‘li dambasi yorilishi natijasida suv bosish xavfi yuzaga kelganda “Gugurtli” va “Qizilravot” aholi punktlari aholisini shartli evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha Respublika miqyosidagi maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda mavjud kuch va vositalarni boshqarish, tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda xarakat qilish, o‘z vaqtida tezkorlik bilan signal, buyruq, qarorlarni yetkazish maqsadida Romitan tumani Gazli shaharchasida tashkil etilgan Buxoro viloyati hokimi (fuqaro muhofazasi boshlig‘i) ning dala sharoitidagi harakatdagi boshqaruv punktidagi yig‘ilishda taalluqli tashkilot va idoralarning mutaxassislariga yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan tushuncha berilib, ular tomonidan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan taklif va qarorlari tinglandi, amalga oshirilishi lozim tadbirlar belgilandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i, QSHO‘M rahbari general-mayor A. Qo‘ldoshev ishtirok etdi.

[metaslider id=2738 cssclass=»»]

O‘quv mashqi davomida shartli ravishda ko‘chirilganlarni qabul qilish uchun 25 ta palatkadan iborat chodirli shaharcha barpo etildi. Chodirli shaharchada ko‘chiriladigan aholi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan, ko‘chirilgan aholini joylashtirish uchun yotoqxonalar, oshxona, ovqatlanish joylari, ona va bola xonasi, tibbiyot xonasi, maktabgacha ta’lim hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari, ayollar xonasi, shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda psixologlar xizmati tashkil etildi.

O‘quv mashqining o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqlarida viloyat va tuman FVB, Milliy gvardiya boshqarmasi, IIB, Romitan tuman hokimligi, “Buxorohududgaz” HGTF, Elektr tarmoqlari korxonasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, SEOM, Transport boshqarmasi, 28803-sonli harbiy qism, QYAOJ viloyat bo‘limi, MATB (SAU) xodimlaridan iborat jami 1240 kishi va 109 birlik texnika jalb etildi.

Tadbir natijasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning turlari, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlarini o‘rgatish, favqulodda vaziyatlarga tayyorlab borish hamda bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, o‘zini va yordamga muhtoj boshqa insonlarni qutqarish ko‘nikmasini shakllantirish kabi maqsadlarga erishildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.