Mashhurlar

“Avariya”ga uchrab omon qolgan mashhurlar

photo 266

Loading

Shahzoda Muhammedovadan Sugʻdiyona Azimovagacha: Ayanchli “avariya”ga uchrab omon qolgan mashhur shou-biznes vakillari

Inson hayotda hech boʻlmasa bir marotaba yoʻl-transport hodisasining ishtirokchisiga aylanadi. Bu hodisa mashhurlik yoki oddiylik tanlamaydi. Shou-biznes olamining ayrim vakillari ham shunday hodisaning ishtirokchisiga aylangan va omon qolgan.

Aktrisa Xosiyat Husanova

Oʻzbek kino sanʼatida oʻz oʻrniga ega boʻlgan aktrisa Xosiyat Husanova 2008 yilda jiddiy avtohalokatga uchragan. Xosiyat Husanovani shifoxonaga olib borishganida uning yuzi tanib boʻlmas darajaga kelgani va hattoki oʻshanda yaqinlari ham uni taniy olmaganini aytgan. Shifokorlar aktrisaga kuchli miya chayqalishi va umurtqa pogʻonasining jiddiy shikastlanishi tashxisini qoʻygan. Avtohalokatdan soʻng aktrisaning axotirasi va eshitish qobiliyati ancha yomonlashgan.

photo 07 20

Xonanda va aktyor Jahongir Foziljonov

“Bojalar” guruhi 2009-yilda ogʻir judolikka duch kelgan. Oʻsha yilning 28 iyun sanasida “Bojalar” guruhi vakillari Termizdagi konsert dasturidan qaytayotgan paytda haydovchi rulda uxlab qolishi sababli ayanchli yoʻl-transport hodisasi yuz bergan. Rulda boʻlgan guruh aʼzosi Moʻmin Oripov voqea joyida vafot etgan. Guruhning yana bir aʼzosi Jahongir Poziljonov esa ogʻir ahvolda kasalxonada yotqizilgan va bir necha kun davomida komada boʻlgan. Uning oyogʻi singan va shuning uchun u ancha vaqtgacha oqsoqlanib yurgan.

photo 06 28

Xonanda Sobirjon Moʻminov

Hozir Amerika Qoʻshma Shtatlarida istiqomat qilayotgan xonanda Sobirjon Moʻminov 2010-yilda yoʻl-transport hodisasiga uchragan. Toʻy xizmatidan qaytayotgan xonandaning haydovchisi rulda uxlab qolgan va buning oqibatida mashina toʻsiqqa borib urilgan. Oqibatda xonandaning yuzi shilingan va qoʻli singan. Shuning uchun Sobirjon Moʻminov bir muddat ommaga koʻrinish bermadi.

photo 05 37

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova

Taniqli aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova koʻp yillardan buyon avtomobil boshqaradi. U koʻp marotaba shoshqaloqligi tufayli tezlikni oshirgan va shuning uchun ogohlantirish olgan. Shahzoda Muhammedova bundan 8 yil avval jiddiy yoʻl-transport hodisasiga uchragan. Oʻshanda u tungi soat 03:00 da suratga olish maydonchasidan qaytayotgan boʻlgan. Oʻsha paytdagi aktrisaning avtomobili tanib boʻlmas darajaga kelganligi haqida ommaviy axborot vositalarida maʼlum qilingandi. Aktrisa esa yengil jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan va biroz muddatdan soʻng tuzalib ketgan.

photo 04 55

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ahror Usmonov

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ahror Usmonov 2016-yilning 22-iyun kuni yaqinlari bilan togʻga dam olish uchun chiqib ketayotganda mudhish yoʻl-transport hodisasiga uchragan. Mashina xonanda Alijon Isoqovga tegishli boʻlgan, ammo rulda Ahror Usmonovning ayoli boʻlgan. Tajribasiz haydovchi sabab mashina yoʻl chetidagi betonga urilgan. Mashinadagilarning bari jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar xonandaga tos suyagining sinishi tashhisini qoʻyishgan. Shuning uchun xonanda uch oy jiddiy tartibda davolanib, oʻrnidan qoʻzgʻalmagan. Bir yilgacha esa yurishga qiynalgan.

photo 03 76

Aktrisa va stilist Soʻgʻdiyona Azimova

Mashhur aktrisa va stilist Soʻgʻdiyona Azimova 2019-yil 18-noyabr kuni mudhish yoʻl-transport hosisasiga uchragan. Bu holatga uning ortidan katta tezlikda kelayotgan Lasetti rusumidagi mashinaning urilishi sabab boʻlgan. Aktrisaning bir yil avval xarid qilgan Lada rusumli mashinasi tanib boʻlmas darajaga kelgan. Garchi aktrisa jiddiy jarohat olmagan boʻlsada, uzoq vaqt kuchli ruhiy zoʻriqish taʼsirida boʻlganini koʻp bor taʼkidlagan. Aktrisa mashina ichida sogʻ-omon chiqishiga hech kim ishonmaganligini aytadi.

photo 02 82

Qiziqchi Avaz Ohun

Qiziqchi Avaz Ohun avtohalokat sodir boʻlgan kunni yodga olishni ham istamaydi. Chunki u yangi, navbatda turib olgan mashinasidan ham koʻra orqa oʻrindiqda oʻtirgan qizining ahvolidan tashvishlangan. U mashinasini vodiydagi yaqinlariga koʻrsatib, suyunchi olish maqsadida oilaviy safarga otlangan. Uch kun avval avtosalondan chiqqan mashinada Toshkentga qaytayotganida Qoʻqon–Toshkent trassasida mudhish voqea sodir boʻlgan. Bunga Avaz Ohunning rulda uxlab qolishi sabab boʻlgan. Ushbu yoʻl-trasport hodisasida hech kim jiddiy jarohat olmagan.

photo 01 83

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.