Mashhurlar

Amitabh Bachchan shou-biznesdagi sirini ochdi

photo 271

Loading

“Meni shuning uchun hurmat qilishadi”, – deydi taniqli Bollivud aktyori.

Bollivudning mashhur aktyori, hind kinoyulduzi Amitabh Bachchan tomoshabin hurmatini nima oshirishi haqida soʻzladi.

Amitabh Bachchanning ijtimoiy tarmoqqa joylagan efirida u oʻzining shou-biznesdagi sirini maʼlum qildi va shu haqida izoh qoldirdi. Kino olamidagi ijrolari bilan dunyo boʻylab muxlislarini topgan aktyor uning sanʼat olamidagi siri hech qachon tomoshabinlarga orqasini oʻgirib gapirmaganligi va aynan shuning uchun aktyorni hurmat qilishlarini aytib oʻtgan.

“Agar tomoshabin hurmatini qozonishni istasangiz hech qachon unga orqangizni oʻgirmang. Shunda sizning hurmatingiz oshadi. Meni ham shuning uchun hurmat qilishsa kerak”, — deb fikr bildirgan Bollivudning mashhur kino aktyori Amitabh Bachchan.

Amitabh Bachchan hozirga qadar 100 dan ortiq kinofilmda suratga tushgan va aktyorlar reytingi boʻyicha eng yuqori oʻrinda turadi. Aktyor rol ijro etgan “Bogʻbon”, “Vir va Zara”, “Mard”, “Qasos va qonun” kabi kinofilmlar nafaqat Hindistonda, balki dunyo mamlakatlari boʻylab sevib tomosha qilinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.