Mashhurlar
“Yoshligimda bitta xato qilganman” – Tatyana Zaytseva («Sharq» guruhi)
“Sharq” guruhi aʼzolari 5 yil farzandli boʻla olmagani haqida gapirdi.
Sarvar Akbarov bundan tushkunlikka tushmagan. Ular 5 yil ichida dunyo aylanib, mazza qilib ijod qilganini taʼkidladi. Xonandaning soʻzlariga koʻra, yaqinlari ularning koʻngliga tegishi mumkin boʻlgan gaplarni gapirmagan.
“Toʻyimiz boʻlgandan keyin, farzandli boʻlish haqida oʻylamaganmiz. Lekin tushkunlikka tushish boʻlmagan. Sababi biz Xudoga ishonganmiz. Hammasi Xudodan. Mazza qilib ijod qilganmiz. Dunyo aylanib yurganmiz. Vaqti soati bilan boʻlgan. Eng yaxshi tomoni yaqinlarimiz bizning koʻnglimizga tegib qolishi mumkin boʻlgan gaplarni gapirmagan. Har doim bizni tushungan. Chunki Tatyana bilan munosabatimiz yaxshi boʻlgan”, — deydi u.
Tatyana Zaytsevaning soʻzlariga koʻra, yoshligida xato qilib qoʻygan. Xonanda dugonalari bilan oʻtirganda, oʻzini ona sifatida tasavvur qilmasligini aytgan. U shu gapi uchun Xudo unga sinov berganini aytdi.
“Men yoshligimda bitta xato qilganman. Qizlar bilan oʻtirganimizda niyat qilganmiz. Men kelin boʻlaman. 3 ta farzandim boʻladi. Kimdir men uy quraman, kimdir menda 5 ta farzand boʻladi dedi. Shunday qilib hazillashganmiz. Men oʻsha paytda notoʻgʻri narsa aytganman. Men oʻzimni ona sifatida koʻrmayapman. Oʻzimni shunday his qilganman va Xudo shunday sinovlarni bergan. Bugungi holatga kelish uchun shunday sinovlardan oʻtish kerak edi”, — deydi xonanda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi