Mashhurlar

Shahzodadan Rayhongacha: Ikkinchi turmushidan baxtini topgan mashhurlar

photo 279

Loading

Inson hayoti davomida oʻz baxtini topishi har doim ham oson boʻlmaydi. Oila qurganidan soʻng kelishmovchilik yoki turli sabablarga koʻrsa ajrim holatlari ham uchrab turadi. Ajrim oddiy va mashhur insonlarni tanlab oʻtirmaydi. Mashhurlar hayotida ham ajrim holatlari uchraydi. Ammo shunday yulduzlar borki ular ikkinchi turmushidan baxtini topgan. Quyida ular haqida maʼlumot beriladi.

Shahzoda

photo 04 56

Xonanda, aktrisa Shahzoda taxallusi bilan tanilgan Zilola Musayevaning birinchi turmushi haqida maʼlumotlar kam. Intervyulardan birida xonanda birinchi nikohi muvaffaqiyatli boʻlmagani, bunga sabab eri Amerikaga koʻchib ketishni talab qilgani ekanini aytgan. Biroq Shahzoda hozir sobiq turmush oʻrtogʻi bilan doʻstona munosabatda. Keyinchalik xonanda shou-biznes olamida tanilgan tadbirkor, “Tarona records” direktori Ravshanbek Yoʻldoshev bilan ikkinchi marta turmush qurgan. Ularning Xalid ismli oʻgʻli bor. U 2013-yil oktyabr oyida tavallud topgan. Shahzodaning birinchi turmushidan ham Salih ismli oʻgʻli bor.

Lola

photo 03 77

Xonanda Lola 2005-yilda Shohruh ismli tadbirkor bilan turmush qurgan. Ularning bir qiz va bir oʻgʻli bor. Juftlik ajrashganini 2011-yilda rasman eʼlon qilgan. Xonanda birinchi turmushi bilan nima sababdan ajrashganini 2019-yil 8 noyabr kuni oʻz Instagram sahifasida eʼlon qilgan. Lola 2017-yilda ikkinchi marta oila qurdi. Biroq u turmush oʻrtogʻi kimligini sir tutadi.

Nilufar Usmonova

photo 02 83

Xonanda Nilufar Usmonova 2004-yilda huquqshunos Novzad Saidgʻoziyevga turmushga chiqdi. 2004-yilda yosh oilada toʻngʻich farzand Saidazam dunyoga keldi va oʻsha yili juftlik ajrashdi. 2009-yilda xonanda ikkinchi marta turmushga chiqadi. Ushbu nikohdan 2011-yilda Ibrohim hamda 2012-yilda Sulaymon ismli oʻgʻillari tugʻildi. Nilufar Usmonova turmush oʻrtogʻining ismini oshkor qilmagan, lekin u bu nikohda tinchlik va oʻzaro tushunish hukmronligini tez-tez taʼkidlaydi.

Muqaddas Saʼdullayeva

photo 01 2

Aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva birinchi marta 2014-yil 5-noyabrda turmushga chiqqan. Uning eri ham aktyor boʻlgan. Biroq ularning munosabati toʻyidan 6 oy oʻtgach, darz ketgan. Muqaddas Saʼdullayeva birinchi turmushidan Saʼdiya ismli qizi bor. Aktrisa 2018-yilda Yigitali Mamajonov bilan oila qurgan. Ularning Abubakrsiddiq va Xadicha ismli farzadlari bor. Hozirda ular baxtli hayot kechirmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.