O‘zbekiston

$50 ga sotib olinayotgan «Yilning eng yaxshi yosh olimi–2021» diplomlari aslida soxta ekan (-mi?)

photo 314

Loading

Barcha yetakchi rasmiy va nodavlat OAV larda «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» diplomini olgan o‘zbekistonlik yoshlar haqida maqtovli materiallar e’lon qilingan edi. Ammo afsuski, $50 qiymatga sotib olinayotgan mukofot haqida hech kim bafurja surishtiruv o‘tkazmagan.

Rost24.uz muxbirlari soxta diplom o‘yinlarini fosh qildi.

O‘tgan 2 yildan buyon ko‘plab talabalar «Bobek» nomli umummilliy harakat (Qozog‘iston) tomonidan berilayotgan MDH ning «Eng yaxshi yosh olimi» maqomi, ko‘krak nishoni va birinchi darajali diplomlarini ko‘z-ko‘z qilishayotganini guvohi bo‘lyapmiz.
Hatto, davlat va nodavlat OAV ham bu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar haqida xabarlar tarqatdi. Masalan, «Zo‘r TV» telekanalida bu haqida maxsus lavha ketgan bo‘lsa, O‘zA, Kun.uz sayti, «Xalq so‘zi» gazetasi kabi OAV larida hamda Xalq ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalari saytlarida maqtov ma’nosidagi materiallar joylandi. Lekin, MDH ning ««Eng yaxshi yosh olim»lari yomg‘irdan keyin chiqqan qo‘ziqorindek ko‘paydi-ki, ularni qaysi biri aslida eng yaxshisi?», – degan tabiiy savol tug‘iladi.

Ma’lumotlarni tahlil qilsangiz, bir yo‘nalishda qatnashgan bir nechta talabalarning hammasi «Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021» diplomini olishganiga guvoh bo‘lasiz. Haqiqiy tanlovlarda odatda bunday bo‘lmaydi va bir yo‘nalishda bir kishi g‘olib bo‘ladi.

Bu «mukofot» larni taqdim etayotgan tashkilot joylashgan manzil Qozog‘istonning Nursulton shahri, Almati tumani, Y-49 ko‘chasi, 3/1-uy, 1-podyezd, 3-qavat, 24-xonadon bo‘lib, ya’ni bu manzil turar-joy tipidagi uy sanaladi. Assotsiasiya shaklidagi yuridik shaxslar birlashmasi «Bobek» umummilliy harakati rahbari Abiyev Yerkebulan Muratovich bo‘lib, hozirda 29 yoshda, Moskva davlat universiteti aspiranti. Tashkilot 2018-yil 19-iyunda ro‘yxatdan o‘tgan.
Eng qizig‘i ushbu tashkilot saytida Tahrir hay’ati bo‘limi (https://bobek-kz.com/team) da hech kimning ismi-familiyasi yo‘q. Hamdo‘stlik davlatlarining ilmiy integrasiyatsini kuchaytirib, olimlar, doktorantlar, talabalarning maqolalarini qabul qilib ko‘plab to‘plamlar chop etganlarda tahrir hay’ati yo‘q.
Buni qanday tushunish mumkin? Pulini bersa, xohlagan maqolani e’lon qilish va ko‘krak nishoni olish mumkin degan gaplar rost (-mikan?).
Bu ilmni biznesga aylantirganlarni esa na bu talabalarni ko‘klarga ko‘tarib maqtayotgan oliy ta’lim muassasasi va na vazirlik mutasaddilari surishtirmagan, nazoratga olmagan. Yoki bizning xabarimiz yo‘qmi?
Eng yomoni respublika tanlovlarida yoki maxsus stipendiyalar tayinlanishida bu diplomlar ham topshirilgan. Ularni ha’yat a’zolari inobatga olmagan deb kim kafolat bera oladi?

MDHda «yagona» bo‘lishning narxi qancha?

Tanlovda ishtirok etish uchun to‘lov haqida ma’lumotlarni tashkilotchilarning saytidan topa olmadik. Biroq, ushbu tanlovda qatnashib, «g‘olib» bo‘lganlar bilan suhbatlashilganda, ular 50-70 AQSh dollari atrofida pul berganliklari aniqlandi. Bu haqda Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi, tarixchi Sharofiddin Hoshimjonov o‘z tajribasida bo‘lgan voqeadan misol keltirdi:

Avval Andijon davlat universiteti axborot xizmatida ishlar edim. Iyun oyida bir talabamiz MDH da «Yilning eng yaxshi yosh olimi» deb topilgani haqida xabar qilishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildik. Hammasi shundan keyin boshlandi. Ketma-ket shu tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar haqida xabarlar kela boshladi, hammasining ilinji bir – universitet rasmiy sahifalarida e’lon qilish kerak. Shundan so‘ng, o‘ylanib qoldik va tekshirishga qaror qildik. Bildik-ki, o‘zimizning talabalarimizdan biri ularning ko‘piga o‘rtada turib, ushbu «medal»ni pulga olib beryapti. Talabalar rasmiy sahifalarda yoritilmasligini eshitgach, tanlov yolg‘on asosiga qurilganini aytib unga bosim o‘tkazishgan. U har bir nomzoddan $65 dan olib, $50 ni to‘lov uchun, o‘ziga esa $15 dollarini xizmat haqi uchun olib qolgan. Birgina ilmiy maqola bilan eng yaxshi yosh olimni aniqlash mumkinmi? Tashkilot saytidan esa unda ishtirok etish va o‘tkazilish tartibi haqida ma’lumotni yo biz ko‘rmadik yoki rostdan ham yo‘q. Bunday qalbaki g‘oliblarni katta-katta rasmiy axborot agentliklari, internet-nashrlari tekshirib o‘tirmay, «yulduz»ga aylantirishdi, qaysidir viloyat hokimi qo‘sha-qo‘sha sovg‘alar ham berdi. O‘zi kimdir bu tanlovda 2- yoki 3-o‘rinni oladimi? Bunday tanlovlarda aslida bu o‘rinlar ham maqtasa arzigulik ish, lekin negadir bunday o‘rin olganlar hech qayerda e’lon qilinmadi.

Saytimizga bu ma’lumotlarni ochiqlagan Sharofiddin Hoshimjonov tanlovda ishtirok etganlardan biri bilan suhbatlashgan.

Sizni izlanuvchan talaba sifatida aytishadi, ilmiy tadqiqot ishi bilan shug‘ullanishingizni ham eshitganman. Ular bilan qanday bog‘landingiz?
Ismi sir qolishini iltimos qilgan talaba esa bu tanlovda qatnashishni unga ilmiy rahbari tavsiya qilganini aytgan:

Maqola yozdim, tarjima qildim, plagiatda tekshirdim. Keyin, yutuqlarim to‘la papka ya’ni (.pdf formatda) maqola bilan birga yubordim. Ular $40 to‘lasangiz, maqola chop etilgan jurnalning aslini yuboramiz, -deb yozishdi. O‘ylanib qoldim, chetga maqola chiqarish ham 350 000 so‘m atrofida, keyin -ha mayli, – deb yubordim. 1-, 2-, 3-o‘rinni olish yoki olmasligim noaniq dedi. Keyin, Allohga tavakkal qilib topshirdim. Ilmiy ishim mavzusi va maqola haqiqatda zo‘r edi, afsusdaman. Men ular bilan elektron pochta orqali gaplashganman, to‘lovni o‘zlariga bank orqali to‘laganman. O‘rtakashlar $55-$60 olyapti. Ular pochtadan yuborishdi, omborga borib olib keldim… Nomi ulug‘, surpasi quruq ekan. Mana yuribmiz. Maqolamni keyin OAK jurnaliga berdim. Og‘zim kuydi.

Nega yoshlar o‘rtasida bu tanlovga qiziqish juda kuchayib ketdi deb o‘ylaysiz?

Bilmadim, katta-katta saytlar, hatto televizorda ham ko‘rsatishdi, buni g‘oliblarini. Navoiy viloyatidamikin ,hokim sovg‘a ham berdi. Bu esa boshqalarning pulini sarflab bo‘lsa ham shunaqa shuhratga erishish uchun harakat qilishiga sabab bo‘lyapti.

Siz shunaqa tanlov g‘olibi bo‘lgan universitetimizning nechta talabasini bilasiz? Kimdir sizdan qanday olganingizni so‘raganmi?

O‘hho‘, anchaku. 11 kishini bilaman ekan. Deyarli hamma fakultetdan bor. Masalan, Fizikadan 2 ta talaba olgan. Ismlarini aytaman sizga, lekin chiqarmang maqolangizga. Men olgandan so‘ng, maslahat so‘rashdi, keyin aytdim. Pul sizniki, undan biron jurnalga bering. Agar medal kerak bo‘lsa, “Leninskiy”da 15 000 so‘mga beradi, -dedim. Yozuvi bilan kerak bo‘lsa, shunga bering. Lekin, mana bizniki ham uyda sandiqni bezab turibdi, -dedim. Men olganman. Keyin boshqalarga maslahat bermaganman. Olishmadi.

Xullas, talab bo‘lmasa taklif bo‘lmaydi. Shunday oson yo‘l bilan, pul to‘lab yolg‘on maqom olishdan qayting!!

Saytimiz bilan yaqindan hamkorlik uchun Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi, tarixchi Sharofiddin Xoshimjonovga minnatdorchilik bildiramiz!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.