Buxoro yangiliklari

«Olot» chegara postida kontaktsiz yuk tashuvlari yo‘lga qo‘yilmoqda

photo 02 8

Loading

«Xo‘jayli» va «Shovot» chegara o‘tkazish punktlarida bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari uchun faoliyat yuritayotgan «Olot» chegara o‘tkazish punktiga qo‘shimcha ravishda kontaktsiz yuk tashuvlari yo‘lga qo‘yiladi.

photo 01 5

Buning natijasida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida yana 2 ta chegara o‘tkazish punkti faoliyati qayta tiklanadi.

Joriy yilning 18-noyabr kuni transport va logistika masalalari bo‘yicha o‘zbek-turkman ishchi guruhining videokonferensiya aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida kelishilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun “Xo‘jayli–Kunya–Urgench” hamda “Shovot–Dashoguz” chegara o‘tkazish punktlari ish faoliyati xalqaro yuk tashishlar uchun neytral zonada tirkama va yarim tirkamalarni kontaktsiz almashish yo‘li orqali tashkil etish bo‘yicha sinov o‘tkazildi.

photo 04 1

2020-yilda koronavirus pandemiyasi natijasida mazkur chegara o‘tkazish punktlari joriy etilgan cheklov choralari natijasida yopilgan edi.Hozirda Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda DXX chegara qo‘shinlari “Xo‘jayli – Kunya-Urgench”, “Shovot – Dashoguz” o‘tkazish punktlari ish faoliyatini sanitariya-epidemiologiya tadbirlariga qat’iy rioya etgan holda neytral zonada tirkama va yarim tirkamalarni kontaktsiz almashish yo‘li bilan qayta tiklash yuzasidan Turkmanistonnnig tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikdagi say’i-harakatlarni davom ettirmoqda.

photo 05 1
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.