Mashhurlar
Hamdam Sobirovdan yangi klip premyerasi taqdim etildi – video
Unda bir nechta mashhur aktyor va aktrisalar rol ijro etgan.
Xonanda, “Mango” guruhining sobiq aʼzosi Hamdam Sobirov oʻzining “Maktabimda” nomli qoʻshigʻiga ishlangan klip premyerasini muxlislari eʼtiboriga havola qildi.
Unda Instabloger Dilshod Nazarov, aktrisa Rayhon Asadova hamda aktyor Abbos Bahodirov oʻynagan. Klipmeyker Doniyor Rajabov. Qoʻshiq matni va musiqasi xonandaning oʻzi tomonidan yaratilgan. Musiqiy sayqalni esa Doniyor Ahmedov qilgan.
Klip voqealarida maktab hayoti aks etgan. Uning boshida Dilshod Nazarov hamda Rayhon Asadovaning suhbati boʻladi. Ular darsda oʻtirgan payti instabloger altrisaga “Sevaman” deb yozilgan daftarni beradi. Bu yozuvni koʻrib qiz hayajonlanadi.
Biroq qizni boshqa sinfdoshi Abbos Bahodirov ham yaxshi koʻradi. U Rayhon Asadovaning yoʻlini toʻsadi. Buni Dilshod Nazarov koʻrib qoladi va u bilan janjallashadi. Klip oxiri Dilshod Nazarov va Rayhon Asadovaning velosipedda uchib ketayotgani aks etgan sahna bilan tugaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi