Mashhurlar
Anjelina Jolidan Kim Kardashyangacha: Gollivud yulduzlari tashqi koʻrinishi uchun oyiga necha pul sarflaydi?
Quyida shu kabi shou-biznes vakillarining harajati haqida maʼlumot beriladi.
Jahon kino olamida shunday aktrisalar va xonandalar borki, ular tashqi koʻrinishi uchun oyiga juda koʻp mablagʻ sarflaydi. Jozibador koʻrinishni istaydigan shou-biznes vakillari oʻz mablagʻlarini kosmetologiya, goʻzallik salonlari va maxsus dori-darmonlar, teri muolajalariga sarflaydi.
Rihanna
Dunyoga mashhur xonanda Rihanna tashqi koʻrinishini juda tez oʻzgartiradi. U sartaroshlik uchun haftasiga $16 000, kosmetik muolajalarga $50 000 dan koʻproq mablagʻ sarflaydi. Bu esa oyiga $100 000 dan koʻproq mablagʻni tashkil etadi.
Kim Kardashyan
Jozibador aktrisa va modellikda ham faoliyat yurituvchi Kim Kardashyan oʻzining shaxsiy vizajistiga oyiga $5 000 maosh beradi. U bundan tashqari kunlik soch turmagiga $500 dan koʻproq pul ishlatadi. Kim Kardashyan shu vaqtga qadar koʻplab plastik-jarrohlik amaliyotini boshdan oʻtkazgan. U kosmetika mahsulotlaridan hisoblamaganda oyiga $20 000 dollar sarflaydi.
Gnivet Peltrou
“Oskar” mukofotining sovrindori, taniqli aktrisa Gnivet Peltrou tashqi goʻzalligi uchun $25 000 dan koʻproq mablagʻ ishlatadi. U bu mablagʻni soch parvarishi, turli xil yuz massajlari va goʻzallik salonlari uchun sarflaydi.
Anjelina Joli
Gollivudning mashhur aktrisalaridan biri Anjelina Joli kosmetologiya va stilistlar xizmatlari uchun hech qanday mablagʻni ayamaydi. Unig yuz terisi oʻta nozik boʻlganligi bois dermatologlar va maxsus dori-darmonlarga juda katta mablagʻ sarflaydi. Anjelina Joli tashqi goʻzalligi uchun oyiga $85 000 dan ortiq pul ishlatadi.
Keyt Middlton
Shahzoda Uilyamning turmush oʻrtogʻi, taniqli aktrisa Keyt Middlton stilistlar, vizajistlar va dermatologlar xizmatidan foydalanadi. Biroq u bulardan ham koʻra koʻproq mablagʻni tishlari uchun sarflaydi. Keyt Middlton bularning barchasiga 1 oyda $40 000 dan koʻproq pul ishlatadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi