Mashhurlar
Aziza Yoqubova Ruhshonaning sobiq eri va oʻzi haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi
Aktrisa Instagramʻdagi jonli efirda mish-mishlarga izoh berdi.
Taniqli aktrisa Aziza Yoqubova Ruhshonaning sobiq turmush oʻrtogʻi va oʻzi haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “People.uz” xabar berdi.
Ruhshona oktabr oyining boshida “Bola tilidan” koʻrsatuvidan ketganini maʼlum qildi va bunga uning sobiq turmush oʻrtogʻi, koʻrsatuv prodyusseri Sanjar Matkarimov bilan ajrashayotgani sabab boʻlgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmay koʻrsatuvga yangi boshlovchi sifatida aktrisa Aziza Yoqubova qabul qilingan. U koʻrsatuvga qabul qilinganidan xursandligini, shou-biznesning 100 ga yaqin vakillari orasidan aynan uni tanlaganlari uchun minnatdorligini bildirgan.
“Men bolalarni juda yaxshi koʻraman. Shou-biznesning 100 ga yaqin vakillari ishtirok etgan kastingdan aynan meni tanlab olishganidan minnatdorman. Dastur toʻxtatilgandi. Men taklifni rad etsam koʻrsatuv prodyusserlari va rejissyorlarining mehnatini hurmat qilmagan boʻlar edim. Ular esa mening oʻrnimga yana boshqa boshlovchini olishardi. Men ham ketgan boshlovchining oʻrniga keldim, xolos”,— deydi aktrisa Aziza Yoqubova.
Yangi koʻrsatuvga boshlovchilik qilish Aziza Yoqubovaga mashhurlik bilan birga u bilan bogʻliq juda koʻplab mish-mishlar yuzaga kelishiga sababchi boʻldi. Aziza Yoqubova Ruxshonaning sobiq turmush oʻrtogʻi Sanjar Matkarimov bilan bogʻliq tarqalgan mish-mishlargan oydinlik kiritdi. Aktrisa “Bola tilidan” koʻrsatuvining prosyusseri Sanjar Matkarimov bilan birga faoliyatini yuritishi, u bilan yangi loyiha ustida ishlayotgani haqida gapirgan.
“Ruxshonaning turmush oʻrtogi mening boshligʻim boʻladi. Biz birga ishlaymiz, bir xil payt birga savol tuzamiz. Suratga olish jarayonlarida ijodiy jamoamiz bilan birga ovqatlanamiz. Undan tashqari hozir biz yangi loyiha boʻyicha birga ishlayapmiz. Ortimdan kim qanday igʻvo tarqatayotganini ham, ular nima qilayotganini ham bilaman. Faqat bir-ikkita insonlar aytgani uchun jim yuribman”,—deydi aktrisa.
Maʼlumot uchun, Aziza Yoqubova “Jurnalist” milliy serialida rol ijro etganidan keyin mashhurlikka erishdi va koʻplab tomoshabinlar qalbidan joy egalladi. U 2020-yilning sentabrida ikkinchi marta turmushga chiqqan va birinchi turmushidan Yasmin ismli qiz farzandi bor.
Avvalroq, Aziza Yoqubova “Bola tilidan” koʻrsatuvi yuzasidan Ruhshona bilan boʻlgan suhbatni koʻrsatgani haqida xabar berilgan edi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi