Buxoro yangiliklari

Rossiyada qonuniy ishlamoqchi bo‘lgan buxoroliklar uchun maxsus taklif

photo 02 9

Loading

Rossiya Federatsiyasida qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Joriy yilning 1-dekabr kuni soat 09:00 da Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik kelishuvi asosida imzolangan Rossiya Federatsiyasining OOO «Renessans Xevi Indastris», AO “PIK-Industriya”, OOO “Stroy Kraft” korxonalari quyidagi yo‘nalishlarda fuqarolar tanlov asosida ishga taklif etiladi:

– Elektr montajchisi (elektrik);
– Montajchi;
– Armaturachi;
– Betonchi;
– Pardozlovchi (otdelochnik);
– Duradgor;

Korxona tomonidan tanlov tadbirlari tashkil etilib, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar ushbu korxonaga ishga yuboriladi.

Korxona tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
– yo‘l xarajatini to‘lash (keyinchalik ish haqqidan saqlash sharti bilan);
– patentgacha bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini to‘lash (keyinchalik ish haqqidan saqlash sharti bilan);
– 3 mahal ovqat (ish beruvchi hisobidan);
– yotoqxona bilan ta’minlash (ish beruvchi hisobidan).

Diqqat! Ishlash ruxsatnomasi (patent)ni rasmiylashtiirish ishlari Toshkent shahrida amalga oshiriladi.

Ushbu korxonada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar xorijga chiqish (zagran) va fuqarolik pasportlari bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Buxoro viloyati filialiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Manzil: Buxoro shahar «Piridastgir» ko‘chasi 13-uy. Mo‘ljal: Buxoro «Ishga marhamat monomarkazi» binosi, telefon: (+998) 65-226-56-99.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.