O‘zbekiston
Buxoroda to‘y stoli tirik baliqlar bilan bezatildi
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan to‘ylarning birida mehmonlar uchun yozilgan dasturxon xlorlangan suvli idishdagi baliqlar bilan bezatilgan. Bu haqida “Ekologuz” Telegram-kanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro viloyatida joylashgan “Havas” to‘yxonasida 21-yanvar kuni o‘tkazilgan nikoh to‘yida mehmonlar uchun yozilgan dasturxonlarda gazak uchun qo‘yilgan go‘sht mahsulotlari orasida ichimlik ichiladigan idishlarga ikki donadan tirik akvarium baliqlari solib qo‘yilgan.
“To‘yxonada 30 ta stol, unda har 1 gazak idishiga 2 donadan baliq solingan bo‘lib, jami 180 dona baliqning uvoliga qoldik. Baliqchalar solingan idishlarga ichimlik suvi solingan edi. Tabiiyki, ichimlik suvi xlorlangan bo‘ladi. Baliqlar esa bu suvda yashay olmaydi va o‘ladi. Kecha ayrim stollardagi baliqchalar o‘lib bo‘lgan edi”, — deyiladi xabarda.
“2 soatlik to‘y uchun 180 ta dekorativ baliqchalarni qiynab, o‘limiga sabab bo‘lish, to‘y egasining obro‘sini oshirib, yoshlarni baxtli qiladimi? Aksincha, endigina oila qurayotgan yoshlarni o‘lgan baliqlarning uvoli tutmaydimi?”, — deya ta’kidlanadi xabarda.
Xabarda Buxoro shahar Ekologiya boshqarmasi, Ekopartiya viloyat bo‘limi, ichki ishlardan to‘y egasi va to‘yxona egasini jarimaga tortib, jazo qo‘llash so‘ralgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi