Buxoro yangiliklari
Ozod Shukrulloyev sabab Maftuna Shokirovaning uyiga sovchi kelmayaptimi?
Bu savolga ijodkorlar javob berdi.
Ijodkorlar Ozod Shukrulloyev hamda Maftuna Shokirova YouTubeʻdagi “Yashin Tv” loyihasiga bergan intervyusida aktrisaning uyiga sovchi kelmay qolgani haqidagi savolga javob berdi.
Ozod Shukrulloyev Maftuna bilan munosabati yaxshi ekanini aytdi. Aktyor uni yaqin odamidek qabul qilgan. U Maftuna Shokirovaning turmushga chiqishini istashini aytdi.
“Maftuna bilan munosabatimiz yaxshi. Janjallashmaymiz. U mening rafiqam emas. Haqiqiy rafiqamning ham ismi Maftuna. Maftuna Shokirovani jiyanimdek, yaqin odamimdek qabul qilaman. Birortasi sovchi boʻlib kelgan boʻlsa, oʻzim 1-2 ogʻiz gap aytaman. Uzataylik deyman. Uzatish kerak. Chunki ijod-ijod bilan lekin oilaviy baxt baribir boshqacha”, — deydi Ozod Shukrulloyev.
Ularning 70 foiz kuzatuvchilari oila qurgan deb oʻylaydi va baxt qilib izoh yozadi. Aktrisa oila qurmaganini bilgan insonlar sovchilikka kelayotganini taʼkidladi. U toʻyidan keyin ijodni tashlaysan degan gaplar boʻlishi mumkinligini aytdi.
“Juda koʻp. Umumiy hisobda bizni turmush oʻrtoq sifatida qabul qiladiganlar 70 foiz desam ham boʻladi. Izohlarda ʻBaxtli boʻling. Eshitdik, 2 nafar farzandingiz bor ekanʻ, deb aytadi. Kelayotgan sovchilardan bilganlar kelyapti. Shuning uchun ʻQarshilik qilamiz. Yigʻishtirasanʻ, degan narsalar boʻlmayapti. Menimcha toʻydan keyin boshlansa kerak”, — deydi Maftuna Shokirova.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi