Mashhurlar
Farrux Raimov ilk bor Xamdam Sobirov bilan orasi buzilishi sababini oshkor qildi
“Koʻrmaganning koʻrgani qursin”, — deydi xonanda.
Xonanda Farrux Raimov “Mashhurlar” koʻrsatuviga bergan intervyusida Hamdam Sobirov bilan doʻst boʻlgan vaqtiga achinishi haqida gapirdi.
Ular yoshlikdan doʻst boʻlgan. Vaqti kelganda Farrux Raimov oʻzi yemay, kiymay doʻstiga berganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, doʻst boʻlgan vaqti va bergan mehriga achinadi. Xonanda ularning oʻrtasida yoshlikdagi doʻstlik yoʻqligini aytdi. Ijodkorlarning munosabatini oradagi odamlar buzgan.
“Haqiqatan ham yoshiligimdan birga oʻsgan doʻstim. Joyi kelsa oʻzim yemasam ham, kiymasam ham, unga berganman, kerak boʻlsa ota-onamga ham qarshi chiqqanman. Bergan mehrimga va doʻst boʻlgan vaqtimga achinaman. U $500 000 lik mashina minadimi yoki shaharning yarmini sotib olib, milliarder boʻlib ketadimi, mayli. Yoshlikdagi doʻstlik yoʻq. Oradagi odamlar baribir munosabatlarni buzar ekan. Hozir undan ham, boshqasidan ham xafa emasman”, — deydi u.
Farrux Raimovning soʻzlariga koʻra, doʻstlik buzlishiga Hamdam Sobirovning oilasi sababchi boʻlgan. Xonanda doʻstidan kibri sabab xafa boʻlgan. Ular bir necha marta koʻrishib, gaplashib olmoqchi boʻlgan. Biroq Farrux Raimov oʻzining dili ogʻrigani va Hamdam Sobirov buni chin dildan xohlamagani uchun yarasha olmaganini aytdi.
“Hamdam bilan doʻstligimizning buzilishiga oila sababchi boʻlgan. Buni oʻzi xohladi, oʻrtada hech qanaqa urush boʻlgani yoʻq. Bir narsani aytishim kerak, men Hamdamdan kibri uchun xafa boʻlganman. Lekin bu ishni menga qilmagan, ikkita oʻrtogʻimga qilgan, kimligini Alloh biladi. U kelib koʻrishmoqchi ham, yarashmoqchi ham boʻldi, lekin yurakdan xohlamadi. Kimlardir qayergadir chaqirdi, bormadim, joyi kelganda bir joyda koʻrishib qoldik. Boʻlmadi, sababi bu koʻngilni ogʻritadi. Boshqa doʻstlarim bilan urishsam ham, mayli, bir-ikki yil boʻlgan boʻlsa hech narsa emas. U bilan bitta oliygohda, kollejda birga oʻqiganmiz. Ikkalamiz institutga imtihon boʻlishidan ikki kun oldin Navoiydan avtobusga birga oʻtirib kelganmiz. Hech narsamiz, uyimiz yoʻq boʻlgan, toʻgʻri institutga borganmiz. Toʻgʻrisi, qancha qiyinchilik boʻlgan boʻlsa, birga yonma-yon turganman. Juda koʻp mehr berib yuborgan ekanman”, — deya taʼkidladi u.
Hamdam Sobirov doʻstiga u bilan doʻst boʻlolmasligini aytgan. Farrux Raimov buning sababini soʻraganda javob bermagan. Biroz vaqt oʻtgach, Hamdam Sobirov notoʻgʻri qilganini tan olib, doʻstidan uzr soʻragan lekin keyinroq yana oralari buzilgan.
“Men bergan mehrni u qabul qila olmagandir balki. Koʻrmaganning koʻrgani qursin, hozir hamma bir oʻzim boʻlay deydi, u ham shunaqa degandir. Mayli, toʻyib olsin. Qanaqa voqea boʻlishidan qatʼi nazar meni eshitardi, balki u oʻzini eshitishlarini xohlagandir yoki oilasidagilar gaplashmaysan, degandir. Men bilmayman. Kelib, yuzimga sen bilan doʻst boʻlolmas ekanman, boshqa odamlar bilan doʻst boʻlishim kerak ekan, deb aytgan. Nimaga, deb soʻrasam javob bermadi. Bir kuni keldi, oʻsha paytda yigirma kun gaplashmay ketganmiz, qayerdasan, tez sen bilan koʻrishmasam boʻlmaydi dedi, kelib quchoqlashib koʻrishdi, notoʻgʻri qilibman dedi, hammasi yaxshi boʻlganida yana yoʻqolib qoldi. Qanaqa tushunish kerak, bilmadim. Mayli, taqdir shunaqa ekan, uning yoʻli boshqa, meniki boshqa. Omadini bersin, unga nisbatan hech qanday gʻarazligim yoʻq. Kun kelib tushunar balki”, — deydi u.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi