Mashhurlar
Nigina Jabborova “Afandining qizlari” ni tark etdi
Guruhi a’zosi Nigora Abdullahonovaning soʻzlariga koʻra, Nigina rasman “Afandining qizlari” ni tark etgan. Bunga sabab Nigina Jabborovaning “Ilhom” teatrida ishlashi boʻlgan. Aktrisa teatrdagi xizmat safari bilan Rossiyaga ketishiga toʻgʻri kelgan. Shuning uchun jamoadoshlari bilan xayrlashgan. Endilikda “Afandining qizlari” ning faoliyatini Nigora Abdullahonova hamda Muborak Abdullayeva davom ettiradi.
“Nigina guruhimizdan rasman ketdi. U bilan xayrlashdik. Endi Muborak bilan birga ishlaymiz. Nigina teatrda ishlaydi. Rossiyaga ketadigan boʻlib qoldi. Shuning uchun u bilan xayrashdik”, — deydi N. Abdullahonova.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq vizajist Akobir “Afandining qizlari”dagi Niginaning qoʻlini soʻragandi. Ushbu lahzalar aks etgan videoni xonanda, teleboshlovchi Husnora Shodiyeva eʼlon qilgan. Stilist yopilish marosimi paytida sahnaga gul va tort bilan chiqib kelgan. U boshlovchilardan mikrofonni olib, Niginaning qoʻli va yuragini soʻramoqchiligini aytgan.
Shundan soʻng u tomoshabinlar oldiga tushib, Niginaga uzuk taqib qoʻygan. Akobir unga uzukdan tashqari, gul va tort ham sovgʻa qilgan. Boshlovchilar bu kutilmagan vaziyat boʻlganini taʼkidlagan. “Fashion week” ga tushgan tomoshabinlar esa ularni videoga olgan
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi