Mashhurlar

Shahzod Sultonov Feruza Normatova bilan ishqiy munosabatda emasligini aytdi

photo 353

Loading

Aktyor hamkasbini sevishini aytgan insonni urgan.

Aktyor Shahzod Sultonov Feruza Normatovani sevishini aytgan insonga hamkasbi bilan ishqiy munosabatda emasligini aytdi.

Aktrisani sevishini aytib, uni baxtli qilishini taʼkidlagan yigit Shahzod Sultonovga bir necha bor yozgan. U aktyorga haqoratli soʻzlarni ham aytgan. Shu sabab Shahzod Sultonov yigit bilan koʻrishib, muammolarini hal qilib olishni taklif qilgan. Ular koʻrishishga kelishgan.

Aktyor uning oldiga borgan. Yigit unga Feruza Normatovani tinch qoʻyishini aytgan. Shunda Shahzod Sultonov aktrisa bilan hech qanday ishqiy munosabatda emasligini taʼkidlagan. Aktyor ular shunchaki hamkasb ekani va birga ishlashini aytgan. Yigit undan umuman Feruza Normatovaning oldiga yaqinlashmasligni ogohlantirgan. Shahzod Sultonov ketmoqchi boʻlgan payti u vaynerni toʻxtatib qolmoqchi boʻlgan. Oʻsha vaqtda aktyor unga bir tarsaki tushirgan.

Bu yigit avval ham Shahzod Sultonovga nisbatan tahdid qilgandi. Shahzod Sultonov sahifasida mazkur tahdidlar aks etgan fotoni joyladi. Unga koʻra, bir yigit aktyorga tahdid bilan yozgan.

“Shunday qizni hafa qilding. Senga yana nima kerak edi. Seni muxlising edim. Nega shunday yaxshi qizlar sendaqa bolalarga uchraydi? Agar menda shunaqa qiz boʻlganida, uni malikalardek baxtli etardim. Men bilan birga-bir turasanmi?”, deya yozgan mazkur yigit.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shahzod Sultonov va Feruza Normatova turmush qurayotganiga ishora qilgandi. Ozoda Nursaidova oʻz sahifasida yangi qoʻshigʻiga ishlangan klipdan parchani eʼlon qilgan. Unda Shahzod Sultonov va Feruza Normatova rol ijro etgan. Maʼlum boʻlishicha, klip syujeti real voqealarga asoslangan. Aktyor haqiqatdan ham hamkasbining qoʻlini soʻragan va unga uzuk taqib qoʻygan. Ozoda Nursaidova esa izohlarda ularga baxt tilagan

Shuningdek, Feruza Normatova “stories”iga xonandaning ushbu taronasini tinglab ketayotgani aks etgan video joylagan. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, bu qoʻshiq u va Shahzod Sultonovning eng sevimli taronasiga aylangan. Feruza Normatova ham klipdan kichik lavhani sahifasiga joylab, “Siz menga uzuk bergan kun”, deya yozib qoldirgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.