26.02.2021
  • -
  • -
  • -
  • -
photo

 96 

Mo‘’taziliylar hijriy ikkinchi – milodiy sakkizinchi asrda hukumatni boshqarayotgan davrda “Qur’onni maxluq dedirish” siyosati avj oldi. Xalifa Ma’mun olimu ulamolarni saroyiga chaqirtirib, ularga majburan “Qur’on maxluq” degan gapni ayttirishga urindi. Ba’zi olimlar ta’riz – so‘z o‘yini bilan vaziyatdan qutulib qoldilar. Ammo ulamolar orasida Ahmad ibn Hanbal rahimahullohdek haqda sobit turib, u gapni umuman tilga olmaganlar ham bo‘ldi.

Xalifaning yonidagi ba’zilar “Ahmad ibn Hanbalni hamma yaxshi ko‘radi va unga ergashadi. Shuning uchun “Qur’on maxluq” degan gapni avval unga ayttirish kerak” deya maslahat berishdi. Xalifa bu maslahatga amal qilib, buyuk olimni saroyiga olib keltirdi va mazkur gapni ayttirishga urindi. Ulug‘ imom bu gapni aytmadilar. G‘azab otiga mingan xalifa buyuk olimni zindonga tashladi va darra urishga amr qildi.

Kunlarning birida darra urish uchun imomni tashqariga olib chiqib ketilayotganda bir voqea bo‘ladi-ki, bu hodisa Imom Ahmadning xotiralaridan hech qachon ketmadi. Voqeani imomning o‘g‘illari Abdulloh ibn Ahmad hikoya qiladi:

“Men otamning mana bu gaplarini ko‘p eshitganman: “Alloh Abul Haysamni rahmatiga olsin! Alloh Abul Haysamni afv etsin! Darra urish uchun meni tashqariga olib chiqib ketishayotganda, bir kishi ortimdan kiyimimni tortdi va menga qarab: “Meni taniysizmi?” deb so‘radi. Men “Yo‘q” dedim. “Men Abul Haysam Ayyorman. O‘g‘ri, kissovurman. Amirul mo‘’mininning devonxonasida menga alohida-alohida tarzda o‘n sakkiz ming marta darra urilgani yozib qo‘yilgan. Men shaytonga ergashib, dunyoga erishish ilinjida bu og‘riqlarga sabr qildim. Siz esa Rahmonning toati yo‘lida, Din uchun og‘riqlarga sabr qiling!” dedi. Menga o‘n sakkiz ming marta o‘rniga o‘n sakkiz marta darra urildi. Keyin xodim chiqib, “Amirul mu’miniyn sizni afv etdi” dedi”.

“Manoqibu Imom Ahmad”, “Sifatus sofva” kitoblari asosida

Manba

Fikr bildirish

• • • • • • • • • • • • • • • • • • • • •