Mashhurlar
“Hech boʻlmasa uyimda tinch oʻtiray” – Feruza Normatova
Aktrisa, vayner Feruza Normatova Instagram sahifasida qoʻshnilariga murojaat qoldirdi.
Aktrisa uy har bir inson halovat topadigan joyligini taʼkidlab oʻtdi. Biroq u qoʻshnilari doim bezovta qilishidan shikoyat qilgan. Vayner ulardan har bir qarindoshi kelganda suratga tushish uchun olib chiqavermaslikni soʻragan. Feruza Normatova muzeydagi eksponatmasligini ham taʼkidlab oʻtdi.
«Uy bu har qanday inson uchun halovat topadigan joy deb bilaman. Eng bemalol dam olib yuradigan joyingiz. Yashayotgan uyimga tinchlik qidirib kelgandim. Lekin baʼzi qoʻshnilar sabab tinchim yoʻqoldi. Iltimos, hali odam koʻzini ochmasdan eshigini oʻgʻrining uyini taqillatgandek taqillatmang. Zarurat boʻlmasa meni bezovta qilmang. Men hech boʻlmasa uyimda bemalol oʻtiray. Men hijob oʻragan qizman. Eshikni ochish uchun kiyinib, oʻrangunimgacha taqillatib turasiz. Insof bormi?
Rasmga tushish va boshqa ishlarni koʻchaga chiqqanimda qiling, iltimos. Bilaman buni hurmat va yaxshi koʻrganingiz uchun qilasiz. Kimning uyiga qanday qarindoshi kelsa, mening uyimga rasmga tushish uchun yetaklab chiqish kerakmasku, toʻgʻrimi? Balki endi choʻmilib chiqqandirman, balki kasaldirman. Har xil holat boʻlishi mumkin. Men muzeydagi eksponatmasman. Meni yaxshi tushunasizlar degan umiddaman. Har kuni ertalab choʻchib uygʻonishdan charchadim», — deb yozadi Feruza Normatova.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi