O‘zbekiston
IIB xodimlari fuqarolarni asossiz «otdel»ga olib borisholmaydigan bo‘lishadi
Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi
Hukumat qarori (399-son, 22.07.2022 y.) bilan Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan “E-patrul” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.
Barcha maʼlumotlar elektron tekshiriladi va patrul-post xodimi faoliyati “bodikamera”ga tasvirga olinadi.
Nizomga ko‘ra, xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
– shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos bo‘lsa;
– shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida maʼlumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lsa;
– shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar bo‘lsa.
Xodim shaxsni to‘xtatganda, uni to‘xtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart!
Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:
– uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmaganda;
– qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlanganda;
– shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatganda;
– jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi