Mashhurlar

Muqaddas Saʼdullayeva eri xiyonat qilsa, qanday yoʻl tutishini aytdi

photo 397

Loading

Aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva Instagram sahifasida eri Yigitali Mamajonov unga xiyonat qilsa, qanday yoʻl tutishini aytdi.

U obunachilarining bir qancha savoliga javob bergan. Ulardan biri aktrisadan turmush oʻrtogʻi xiyonat qilsa, nima qilishini soʻragan. Muqaddas Saʼdullayeva hech nima qilmasligini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, juftiga xiyonat qilgan odamning jazosini Alloh beradi. Aktrisa Xudoning jazosi oldida bandaniki hech nima emasligini taʼkidladi.

“Hech narsa. Juftiga xiyonat qilgan insonni Alloh oʻzini bir kun yaxshilab jazosini beradi. Allohni jazosini oldida bandaniki hech narsa emas”, — deb yozadi aktrisa.

Avvalroq Muqaddas Saʼdullayeva Yigitali bilan munosabati yaxshi emasligini bildirib qoʻygandi. Bunga uning sahifasida qaynanasini tabriklab yozgan posti sabab boʻlgan. Unda aktrisa qaynanasiga iliq tilaklar yozgan. U soʻzining oxirida hayotining davomi qandayligidan qatʼiy nazar qaynanasini onasidek qabul qilishini taʼkidlagan. Shuningdek, ijodkorlar Instagram sahifasida bir-biridan “otpiska” qilgan, endilikda ular bir-birini kuzatmayapti.

“Onajonim shukrona kuningiz muborak boʻlsin! Har doim shunday yosh goʻzal boʻlib yuring. Umringiz ziyoda boʻlsin. Hayotning davomi qandayligidan qatiy nazar doim bizni onajonimizsiz. Nabiralaringizni baxt-u kamolini koʻrib yuring. Biz sizni yaxshi koʻramiz”, — deb yozadi aktrisa.

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.