Buxoro yangiliklari

Buxoro tumanida yangi maktab qurilmoqda

photo 400

Loading

Buxoro tumanidagi «Zarafshonobod» mahallasi hududida joylashgan Sheyxon qishlog‘ida zamonaviy loyiha asosida yangi maktab binosi bunyod etilmoqda.

Sababi, anchadan buyon sheyxonlik bolalar ta’lim olish uchun 3 km dan ziyod yo‘l bosib, olis maktabga qatnashar edi. Endilikda ularning bu muammo o‘z yechimini topadigan bo‘ldi.

Investitsiya dasturi doirasida qad rostlayotgan 528 o‘rinli yangi maktabda o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilishi belgilangan. Keng va shinam sinf xonalari, yangi ko‘rgazmali va elektron jihozlarga ega fan kabinetlari, yangi nomdagi darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan kutubxona, fizika, kimyo fanlaridan laboratoriya xonalari, kasbga yunaltirish, STEAM laboratoriya xonalari – barchasi o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Ayni paytda “Vobkent santex stroy montaj” MCHJ quruvchilari tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

photo 03 98

Shuningdek, tumandagi 4-umumta’lim maktabining 540-o‘rinli binosi ham investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinmoqda. Natijada, ushbu dargoh tamoman yangicha qiyofa kasb etadi.

photo 01 108

Bundan tashqari “Obod mahalla” dasturi doirasida tumandagi 20-umumta’lim maktabiga 240-o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurilishi belgilangan. Ushbu loyihaga 2 000 000 000 so‘mdan oshiq mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, ayni paytda qurilish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.