Buxoro yangiliklari

Metan «zapravka» egalari 2 mlrd so‘mdan ortiq gazni buxoroliklar mashinasidan o‘g‘irladi

photo 403

Loading

Buxorodagi metan «zapravkalar» iyun va iyul oyida 2 000 200 000 000 so‘mlik gaz o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi, – deya xabar bermoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati. Ikki oyda O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalarida qariyb 43 000 000 000 so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi.

28 ta hududiy gaz quyish shoxobchalarida o‘g‘irlangan yoqilg‘i miqdori 209 000 xonadonning 1 oylik gaz iste’moliga teng.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida DXX xodimlari “O‘zneftgazinspeksiya” AJ va “O‘ztransgaz” AJ bilan hamkorlikda gaz quyish shoxobchalarida tabiiy gazdan foydalanishda bir qator qonunbuzarliklarni aniqladi.

Xususan, Buxorodagi 3 ta metan zapravkada 2 000 200 000 000 so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanagan.

Qoidabuzarliklarni kelib chiqishining asosiy sababi AGTKSH larining o‘lchov tizimlaridagi ko‘rsatkichlarni manipulyatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.