Buxoro yangiliklari

Buxorolik madaniyat sohasi vakillari Tojikistonda bo‘lishdi

photo 404

Loading

O‘zbek va tojik xalqlari orasida do‘stlik hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, madaniyat va san’at sohalarida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma konsertlarni tashkil etish maqsadida, joriy yilning 20-iyulidan 24-iyul kuniga qadar Genjayev Yo‘ldosh Hakimovich va Avezov Rauf Rasulovichlar Tojikiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib qaytishdi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati Madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati.

Xizmat safarida davomida Madaniyat vazirligida, Qo‘g‘irchoq teatrida, M.Tursunzoda nomidagi Tojikiston madaniyat va sanat institutida, Tojikiston tasviriy sanat va dizayn institutida, Tojikiston davlat filarmoniyasida, «Tojikfilm» davlat muassasasida, “Bazmoro” konsert muassasida, «Mahalliy turizm» telekanalida, Turizm davlat qo‘mitasida, shuningdek, bir qator turistik kompaniyalarga tashrif buyurishib, kelajakda o‘zaro madaniy hamkorlik, musiqa va raqs, Buxoro marosim va udumlari bilan bog‘liq turli madaniy loyihalar, qo‘shma gastrol safarlari, mahorat darslari, folklor san’atiga doir loyihalar, Buxoroda Tojikiston sayyohlarini tashrifi davomida konsertlar namoyish qilish, “Abdurahmon Jomiy va Navoiy” asarlari asosida badiiy – adabiy, musiqiy kompazitsiyali sahnaviy talqinlar tashkil qilish, o‘zbek va tojik xalqlarining o‘zaro mushtarak qadriyatlarini keng ommalashtirish yuzasidan tasvirga olinadigan qisqa va badiiy filmlarni suratga olish jarayonlarida ishtirok etish, ommaviy bayramlarni tayyorlashga doir o‘zaro tajriba almashuv kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan uchrashuv va muzokaralar olib borildi.

[metaslider id=3953 cssclass=»»]

Bunda yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha ikki tomonlama takliflar bildirildi. Kelajakda esa bu kabi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha memorandum va shartnomalar tuzishga doir kelishuvga erishildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.