Buxoro yangiliklari
Sharof Muqimovning ikkinchi rafiqasi ular qanday tanishganini aytdi
Xonanda, aktyor Sharof Muqimovning turmush oʻrtogʻi Husnora Instagram sahifasida eri bilan qanday tanishgani haqida gapirib berdi.
Ular ilk bor 2018-yil dekabr oyida koʻrishgan. Oʻsha paytda Sharof Muqimov gala-konsertda qoʻshiq kuylagan. Aktyor ikkala taronasini ham xotiniga qarab aytgan. Konsert tugagach, xonanda Husnoradan telefon raqamini soʻragan va “Qora koʻzlar” klipiga aktrisa sifatida taklif qilgan. Qiz bunga ishonga va raqamini bergan.
«Instagramʻdagi sahifamga Sharof akam bilan qanday tanishganimni soʻrab koʻp yozishadi. Xullas, 2018-yilning dekabr oyi edi. Chet el oliygohida oʻqiganman, imtihon topshirish payti edi. Hamma talabalar yiqilishdan qoʻrqib imtihonga tayyorlanardi. Keyin doʻstlarim bilan uyga ketdim. Uyga kelsam, shirin jiyanim Jasmina Mustaqillik maydonida gala-konsert boʻlishini aytdi va borishimni soʻradi. Men esa yoʻq, unaqa konsertlarni yoqtirmayman, ertaga imtihonim bor, yiqilishdan qoʻrqaman, tayyorlanishim kerak, dedim. Keyin kelinoyim sal kitobdan bosh koʻtaring, zerikib oʻtirasizmi, borib keling, dedi. Ularni xafa qilgim kelmadi, konsertga borib, old qatorga oʻtirdik.
Taxminan, 20 daqiqa oʻtirganimizdan keyin Jasminaga uyga ketishimiz kerakligini aytdim, u esa yana 5 daqiqa oʻtirishimizni soʻradi. Konsert, gavjum joylarni yoqtirmayman, jiyanimning koʻnglini koʻtarish uchun kelgandim. Keyingi 5 daqiqada Sharof akam sahnaga chiqdi. Birinchi ʻJonim seniʻ, ikkinchi ʻSevgimni avaylaʻ taronasini ijro etdi, qizigʻi, ikkita qoʻshigʻini ham menga qarab aytdi. Har zamonda qoʻllari bilan meni koʻrsatar edi, boshida hayron qoldim va balki shunaqa usul bilan qoʻshiq aytsalar kerak deb eʼtibor bermadim.
Konsert tugab, endi ketayotgandik, bir inson kelib raqamimni soʻradi, men nega sizga raqamimni berishim kerak, boring, keting dedim. U kishi raqamimni oʻziga emas, Sharof Muqimov uchun soʻrayotganini aytdi. Men raqamimni bermayman, deganimdan keyin Sharof akam kelib ʻQora koʻzlarʻ degan klip olmoqchiman, shunga mos tushasiz, sizni topishimiz uchun raqamingiz kerak, dedi.
Men ham sanʼatga qiziqaman, aslida, oʻzim ham turmush oʻrtogʻimning muxlisi boʻlganman, uyalganimdan xoʻp deb, raqamimni berdim, klipga tushishni oʻyladim. Ketganidan bir daqiqa oʻtib, bu men, Sharof degan xabar keldi. Javob yozmadim, biroq qachon klipga olishini oʻylab qoldim», — deydi Sharof Muqimovning rafiqasi.
Shu voqeadan soʻng Sharof Muqimov qizga tez-tez gul berib turgan. Xonanda mart oyida Husnorani restoranga uchrashuvga taklif qilgan. Biroq qizning uydagilari bunga osonlikcha ruxsat bermagan. Biroq u ota-onasidan ruxsat olib, uchrashuvga borgan. Oʻsha kuni aktyor Husnoraga uylanmoqchiligini aytgan. Sharof Muqimov uni konsertdagi ilk uchrashuvdayoq sevib qolganini taʼkidlagan.
«Institutimizga tez-tez gul olib kelishlar koʻpaydi. Sharof akam har kuni qoʻngʻiroq qilar edi, mart oyining oxirida restoranga uchrashuvga taklif qildi. Men uydagilar ruxsat bersa, borishimni aytdim, u kishi ruxsat bermasalarchi, deb soʻradi. Unda bora olmasligimni aytdim, biroq Sharof akam juda muhim gapim bor, dedi.
Keyin uydagilarimdan yolvorib soʻradim, oilada bitta erkatoy qiz boʻlganim uchun koʻnglimga qarashdi. Biz oʻsha kuni soat 15:00 atrofida koʻrishdik. Gaplashib oʻtirdik, shu payt telefoningizni berib turing, qoʻngʻiroq qilib olay dedi. Telefonimni qoʻliga olganidan keyin darrov xabarlarni, suratlarimni, Telegramʻimni, hattoki kontaktlarimni ham koʻrdi. Keyin mana telefoningiz, deb indamay qaytarib berdi va men ham nimaga shaxsiy narsalarimga kiryapsiz, deb soʻrashga uyalgandim.
Men esa Sharof akamdan qanday zarur gapi borligini soʻradim. U kishi uylanmoqchiligini aytdi, men uylaning, menga nima daxli bor dedim. Keyin hamma gap menda ekanini, men bilan turmush qurish niyati borligini aytdi. Hazil qilayotgan boʻlsa kerak deb oʻyladim. Sharof akam sizni konsertda, ilk bor koʻrganimda yuragim jiz etgan, koʻzlarimni sizdan uzolmay qolganman, klip bahona edi, agar sizga klipni bahona qilib raqamingizni soʻramasam, raqamingizni bermas edingiz, keyin sizni topa olmay qolar edim dedi. Men juda uyalib ketdim, hazillashmang, dedim.
U kishi bu borada hazil qilmasligini aytdi. Sharof akam meni oʻsha kundan keyin har kuni kuzatganini, men haqimda maʼlumot toʻplaganini, keyin meni yaxshi koʻrib qolgani haqida gapirdi. Nima deb javob berishni bilmadim, soʻng uydagilarim chaqiryapti dedim.
Ular toʻxtang, oʻzim tashlab qoʻyaman, qaysarlik qilmang dedi. Uyimga olib bordi va ungacha gapirib keldi. Men indamay eshitib keldim, keyin sizga qoʻngʻiroq qilaman, oʻzingizni ehtiyot qiling dedi», — deydi xonandaning rafiqasi.
Biroq ularning sevgisiga Husnoraning ota-onasi rozilik bildirmagan. Shunda Sharof Muqimovning oʻzi ular bilan gaplashgan va koʻndirgan. Qizning otasiga xonandaning oʻziga boʻlgan ishonchi, madaniyati, mehribonligi, aqlliligi yoqib qolgan. Oradan koʻp oʻtmay ularning fotihasi boʻlgan. Ramazon oyiga tugagach, toʻy qilishgan. Aktyorning turmush oʻrtogʻi ularning qissasi shu tarzda boʻlganini taʼkidlagan.
«Ertalab darsga bordim, Sharof akam qoʻngʻiroq qilganida koʻtarmadim. Oʻqish joyimga kelib, menga sovchi yuborishi haqida aytdi. Men esa hali turmush qurish niyatim yoʻq, dedim. U kishi sizni kutaman, deganida inson turmush qurishi uchun bir-birini yaxshi koʻrishi kerakligi haqida gapirdim. Sharof akam mening sevgim ikkalamizga ham yetadi, toʻygacha siz ham yaxshi koʻrib qolasiz, dedi.
Uyga bordim, Sharof akam har kuni qoʻngʻiroq qilardi, juda ham romantik xabarlar yozardi, koʻnglimdan joy olishga harakat qilardi. Vaqt oʻtib koʻnglimdan joy oldi, qisqasi, u insonni yoqtirib qolgandim. Keyin Sharof akam boʻldi, sovchi yuboraman dedi, men esa avval uydagilarimni koʻndirishim kerakligini aytdim. Uydagilarni koʻndirishga harakat qildim, biroq ular rozi boʻlmadi.
Sharof akamga ularning koʻnishmaganini aytganimda, koʻndirishga harakat qiling, hind kinolarida bir-birini yaxshi koʻrsa, ota-onasi qarshi boʻlsa ham, kurashadi, bizning ulardan nima kamimiz bor, oilada bitta farzandsiz, sizning aytganingizni qilishadi va boshqalar bilan emas, men bilan yashaysiz, hayot bizniki dedi. Bu gaplar menga motivatsiya boʻldi.
Xullas, men yana uydagilar bilan gaplashdim, biroq eplolmadim. Sharof akamga aytdim, uyingizga borib oʻzim gaplashaman, siz faqat oʻzimniki boʻlasiz deb bir oʻzi keldi va uydagilarim bilan gaplashdi. Sharof akamning oʻziga boʻlgan ishonchi, madaniyati, mehribonligi, aqlli ekani uydagilarimning eʼtiboriga tushgandi, shu sabab ular oʻylab koʻramiz dedi.
Keyin sovchi yubordi, fotiha toʻyimiz boʻldi, oʻqishimni bitiray desam, toʻyni ham shu yil yozda qilishimiz, boʻlmasa uydagilarim fikridan qaytib qolishi mumkinligi haqida gapirdi. Biz nikohdan oʻtdik, roʻzadan keyin toʻyimiz boʻldi va Allohga shukur keyinroq oʻgʻlimiz Toxirjon dunyoga keldi. Qissamiz shunaqa boshlangan» , — deydi Sharof Muqimovning rafiqasi.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi