Mashhurlar

Qilichbek Madaliyev Sardor Mamadaliyev otasining qoʻshigʻini beruxsat kuylaganini aytdi

photo 410

Loading

Marhum xonanda Ohunjon Madaliyevning oʻgʻli, xonanda Qilichbek Madaliyev “Omon-omon” koʻrsatuviga bergan intervyusida Sardor Mamadaliyev otasining qoʻshigʻini beruxsat oʻzgartirib kuylaganini aytdi.

Xonandaning soʻzlariga koʻra, bu uni qaysidir maʼnoda xafa qiladi. Qilichbek Madaliyev tugʻilganidan beri shu qoʻshiqlarini eshitishini aytdi. U farzand sifatida otasining ijodiga havas qiladi va oʻzini uning muxlislaridan biri deb biladi.

“Agar otamning musiqasini buzib aytishsa bu ish qaysidir maʼnoda meni xafa qiladi. Chunki tugʻilganimdan beri shu musiqalarni eshitib katta boʻlganman. Otam boʻlsa ham ularning ijodiga havas qilaman va muxlis qatori men ham oʻzimni muxlis deb bilaman. Farzand sifatida otamni juda yaxshi koʻraman va qancha maqtash kerak boʻlsa soʻz boyligim yetmay qoladi”, — deydi u.

Qilichbek Madaliyev otasining qoʻshigʻini kimdir xato kuylasa biladi biroq bu haqda aytishga andisha qiladi. Xonandaning taʼkidlashicha, Ohunjon Madaliyevning taronalarini ijro etishda ruxsat soʻraydigan ham, soʻramaydiganlar ham bor. U hamkasbi Sardor Mamadaliyev ruxsat soʻramasdan oʻz yoʻnalishiga solib kuylaganini aytdi.

«Ijodiy tomondan olib qaraganda men ham havas qilib musiqalarining har bir nuqta, vergullarigacha eʼtibor beraman. Masalan, kimdir ijro qilsa qayerda xato qilganini bilaman. Lekin xatosini aytishga andisha qilaman. Ijro etishda esa soʻraydiganlari ham, soʻramaydiganlari ham bor. Oxirgi yillarda otamning musiqalarini koʻpchilik ijro etdi. Sardor Mamadaliyev soʻramasdan, oʻzini yoʻnalishiga moslab kuyladi. Menga esa otam ijro qilgan asl holati yoqadi”, — deydi xonanda.

Video:

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.