Buxoro yangiliklari

«Kamalak yulduzlari» tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi

photo 422

Loading

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi hamkorligida madaniyat, adabiyot va san’atni targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan, 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ijodkor bolalar o‘rtasidagi “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining Buxoro viloyati bosqichi o‘tkazildi. “Minglab iqtidorlarni kashf etamiz” shiori ostida yuqori darajada tashkillashtirilgan mazkur madaniy–ma’rifiy tadbir––bolalar ijodiyoti festivalida qo‘shiq va musiqa, milliy cholg‘u asboblari, raqs, tasviriy san’at va amaliy grafika, zardo‘zlik, kulolchilik, naqqoshlik, dizaynerlik, kashtachilik, nazm va nasr kabi olti yo‘nalish va jami 18 ta nominasiya bo‘yicha ishtirok etgan o‘g‘il-qizlar o‘zlari tanlagan sohada iste’dod va mahoratlarini namoyish qildilar.

– Mazkur tanlovning shahar va tumanlarlar bosqichlarida yosh toifasiga ko‘ra jami 1 470 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etgani bu tanlovga bo‘lgan qiziqish yil sayin oshib borayotgani namunasidir, – deydi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi raisi Mirshod Ochilov. – Shular ichidan tengdoshlariga nisbatan biroz ustunlikka erishgan 224 nafar o‘g‘il-qiz viloyat bosqichida o‘z imkoniyatini namoyish etdi. Tanlov shartiga muvofiq, ikki qismda Buxoro Yoshlar markazi va Buxoro shahridagi 1-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan sinovlar, o‘g‘il-qizlar tayyorlagan jajji san’at namunalari nufuzli hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.

Qizg‘in kechgan bahslar va mahorat namoyishlaridan so‘ng yo‘nalishlar bo‘yicha jami 54 nafar g‘olib nomi aniqlandi. Ulardan alohida bahsga kirishilgan 18 ta nominasiyada iste’dodini namoyon qilgan yosh iqtidor egasi “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining laureanti degan maqomga ega bo‘ldi. Ular orasida qo‘shiqchilikda Samir Ergashev, an’anaviy musiqa ijrochiligida Shahzoda Jalolova, tasviriy san’atda Murodbek Qahramonov, kulolchilikda Abdunasim Eshmurodov, estrada cholg‘u ijrochiligida Javohir Najmiddinov, torli cholg‘ular yo‘nalishida Parizoda Usmonova, zardo‘zlik va quroqchilik yo‘nalishida Shahzoda Qahhorova singari iqtidor egalari bor.

[metaslider id=4121 cssclass=»»]

“Kamalak yulduzlari” tanlovining viloyat bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan yosh iste’dod egalari tashkilotchilar tomonidan diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Yakunda bolalar uchun tashkillashtirilgan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.