Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida «Qovun sayli» o‘tkazildi – sarhisob

photo 424

Loading

Qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahrida 25-bor o‘tkazilgan an’anaviy “Qovun sayli” bayrami mirishkor dehqonlar, polizkor fermerlar, tomorqa yer egalarining haqiqiy mahorat namoyishiga aylandi. Ko‘p ming yillik tarixga ega qadimiy vohamizda asrlar osha shakllangan dehqonchilik madaniyati, xususan, polizkorlik maktabi an’analari 1996-yildan buyon tashkil etib kelinayotgan “Qovun sayli”ni “Ko‘kcha”, “Amiri”, “Novvoti”, “Bo‘rikalla”, “Kampirchopon”, “Dahbedi”, “Sherozi”, “Toshloqi”, “Gulobi”, “Barginay” kabi o‘ttizga yaqin bir-biridan xushxo‘r nav bilan boyitdi va ommalashtirdi. Bu saylda viloyatning barcha tumanidan kelgan 400 dan ziyod fermer xo‘jaligi tomonidan tanti dehqonlarimiz mehnati mahsuli – 1 800 tonna qovun-tarvuz shaharliklar dasturxoniga tortiq qilindi.

Bundan tashqari, turli meva-sabzavotlar, asalchilik mahsulotlari savdosi ham tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomli favvoralar xiyoboniga tutash so‘lim hududda tashkil etilgan 2 kunlik “Qovun sayli” da qatnashgan har bir tuman uchun alohida maydon, joy hozirlanib, o‘sha hudud folklor-etnografik ansambllari diltortar kuy-qo‘shiqlari, konsert repertuari bilan yig‘ilganlar ko‘nglini xushladi.

Birinchi kuni erta tongdan boshlangan “Qovun sayli” kam ta’minlangan va “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning oltmish nafar farzandining sunnat to‘yiga ulandi.

Favvoralar maydoni viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari mutasaddilari, sektorlar rahbarlari, viloyat jamoatchiligi, usta dehqonlar, mahalla faollari, to‘y bolalarning ota-onalari va yaqinlari, sayyohlar bilan gavjum bo‘ldi.

Tantanada viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, bolajonlarni, ularning ota-onalarini samimiy qutladi. To‘y bolalarni kelajakda yetuk inson bo‘lib yetishishlarini tiladi.

To‘y bolalarning har biriga kiyim-kechak, velosiped va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda hozir bo‘lgan nuroniylar el-yurtga tinchlik-xotirjamlik, Vatan obodligi, xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochdilar.

“Qovun sayli” jajji o‘g‘lonlar xotirasida yaxshilik, mehr-sahovat ramzi sifatida bir umrga muhrlanib qoladigan bo‘ldi.

Sayl tashkilotchilari tomonidan ko‘rik-tanlov ham o‘tkazilib, har bir kun alohida baholab borildi. Tadbirning tantanali yopilish marosimida viloyat mutasaddilari, sektorlar rahbarlari, usta dehqonlar, fermerlar va jamoatchilik jam bo‘ldi.

Saylda alohida o‘rnak ko‘rsatgan dehqon-mirishkorlar rag‘batlantirildi.

Tumanlar o‘rtasida birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan Romitan, Kogon va Vobkent tumanlari zamonaviy muzlatkich bilan taqdirlangan bo‘lsa, ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan Gʻijduvon, Shofirkon va Buxoro tumanlari hamda uchinchi o‘rindagi Qorako‘l hamda Qorovulbozor tumanlariga zamonaviy televizorlar topshirildi.

[metaslider id=4152 cssclass=»»]

Fermer xo‘jaliklari o‘rtasida esa birinchi o‘ringa Peshko‘ tumani Mustaqillik hududidagi “Sulton Ali Rahmat intensiv bog‘ qurilish” MChJ rahbari Ismoil Bo‘ronov g‘olib deb topilib, mukofot tarzida “Lochin” yuk tashish mototsikli topshirildi. Ikkinchi o‘ringa Jondor tumani Qaroli hududidagi “Elmurod Do‘smurod Shahriyor” fermer xo‘jaligi rahbari Do‘smurod Boymurodov munosib ko‘rildi. Uchinchi o‘ringa esa Olot tumani Chorvoq hududidagi “Muxtorov Shafog‘at” dehqon xo‘jaligi rahbari Shafog‘at Muxtorov ega bo‘ldi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.