Buxoro yangiliklari

Buxoro bug‘usi haqida nimalarni bilasiz?

photo 430

Loading

Xongul yoki Buxoro bug‘usi (Cervus elaphus bactrianus) – juft tuyoqlilar turkumining bug‘ular oilasiga mansub bo‘lgan sut emizuvchi hayvonlarning kenja turi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining Qizil Kitobiga va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil ro‘yxatiga yo‘q bo‘lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur maqomi bilan kiritilgan.

Bug‘ular o‘simlikxo‘r hayvonlar bo‘lib, 27 turdan ortiq o‘simliklar bilan oziqlanishi qayd etilgan. Bug‘ularning asosiy yashash joyi daraxt va buta o‘simliklari zich o‘sgan daryo bo‘yidagi qalin to‘qayzorlar hisoblanadi.

Buxoro bug‘usining bo‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 200 kg gacha bo‘ladi. Bug‘ular shoxining uzunligi 90-110 sm bo‘lib, bahorda tashlab, o‘rniga yangi shox o‘sib chiqadi. Yangi o‘sib chiqqan shoxi baxmal mato bilan o‘ralgandek bug‘uga ko‘rk berib turadi. Shoxlari ikki yoshidan boshlab o‘sa boshlaydi. Urg‘ochilarida shox bo‘lmaydi.

O‘tgan asrning birinchi yarmida Buxoro bug‘ulari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va to‘qayzorlarda keng tarqalgan edi.

Hozirgi kunda xongullar O‘zbekiston hududida Amudaryoning yuqori qismi (Surxondaryo viloyatida – 45-50 bosh) va o‘rta qismidagi to‘qayzorlarda (“Qizilqum” davlat qo‘riqxonasi – 224-232 bosh), “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i (40 – 45 bosh) va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (1645 bosh), shuningdek, Zarafshon daryosining yuqori qismida saqlanib qolgan. Bundan tashqari, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Afg‘oniston hududlarida ham uchraydi.

2021-yilda “Baday-to‘qay”dan 4 bosh Buxoro bug‘usi “Xorazm” milliy tabiat bog‘iga ko‘chirildi va hozirda ularni iqlimlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Buxoro bug‘ulari yashash areallari, ularning populyasiyasi monitoringi olib borilmoqda hamda ushbu noyob turdagi jonzotlarni muhofazasini ta’minlash va yanada ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.