Mashhurlar
Dildora Niyozova sanʼatga qaytishga erini qanday koʻndirgan?
Xonanda Dildora Niyozova “Daryo.uz”ga bergan intervyusida sanʼatga qaytishga erini qanday koʻndirganini aytdi.
Toʻy xizmatlaridan birida unga bir onaxon eri toʻyga chiqishga ruxsat bermagani haqida savol bergan. Xonanda bu savolga javob bermaguncha toʻyxonadan chiqib ketmagan. Dildora Niyozova oʻsha davrada boʻlgan ayollar qaysi biri eri bilan janjallashib qolmagani haqida soʻragan. Ayollar esa kulgan. Xonanda turmush oʻrtogʻining koʻnglini olgani uchun toʻylarga chiqishga ruxsat berganini taʼkidladi.
“Toʻy xizmatiga borganimda, bir onaxon yonimga kelib, ʻSizni eringiz toʻylarga chiqarmayman degandi. Qoʻshiq aytyapsizmi?ʻ, – dedi. Oʻsha toʻyxonadan shu savolga javob berib chiqib ketdim. Men ʻOrangizda janjallashib qolmagan ayollar bormi?ʻ, – deb soʻradim. Shunda hamma ayollar kuldi. ʻMening ham erim jahli chiqqanda gapiradida. Mana koʻnglini olgandim toʻyga chiqaryaptiʻ, dedim. Men ogʻirroq boʻlgandim mana yana sanʼatda davom etyapman”, — deydi Dildora Niyozova.
Avvalroq Dildora Niyozovaning eri xonanda endi toʻylarga chiqmasligini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, endi Dildora Niyozova uyda farzand tarbiyasi bilan mashgʻul boʻladi. Dildora Niyozova haqiqatdan ham Islom yoʻlini tanlagani uchun toʻylarga chiqmaslikka qaror qilgan. Xonandaning eri toʻy uchun oldindan olingan pullar qaytarilib berilishini taʼkidladi.
“Bugundan boshlab Dildora Niyozova haqiqatdan ham islom yoʻlini tanlagani uchun toʻylarga chiqmaslikka qaror qildi. Iltimos, kimda kim biz bilan bogʻlanib toʻy kunini belgilagan boʻlsa, aloqaga chiqsin. Pullarni qaytarib berishga majburmiz. Dildora Niyozova endi toʻyga chiqmaydi. Uyda bola-chaqa tarbiyasi bilan shugʻullanishga qaror qildi”, — deydi u.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi