Mashhurlar

Kaniza qaynonasi toʻyga qarshi boʻlganini aytdi

photo 432

Loading

Aktrisa, xonanda Kaniza “M kokteyl” koʻrsatuviga bergan intervyusida qaynanasi toʻyga qarshi boʻlganini aytdi.

Kanizaning soʻzlariga koʻra, toʻyidagi videolarni eʼlon qilsa, odamlar koʻrolmaydi. Aktrisa erining yuzini qoʻysa, koʻz tegishini taʼkidladi. Shuningdek, xonanda 7 yil oldin erining onasi ularning toʻyiga qarshi boʻlganini aytdi. Kaniza qaynanasi hozir ham uni yaxshi koʻrish yoki koʻrmasligini bilmaydi.

“Xalqqa eng keraklisini berdim. Shaxsiy hayot shaxsiyligicha qolsin. Erimning yuzini qoʻysam koʻz tegadi. Odamlar koʻromaydi. Bizning oila qurishimizga turmush oʻrtogʻimning onasi qarshi boʻlgan. Shuning uchun biz oila qurolmaganmiz. Taqdir ekan mana 7 yil oʻtgach, bir-birimizni sinab oila qurdik. Hozir yaxshi koʻradimi yoki yoʻqmi bilmayman. Sogʻ boʻlsin”, — deydi xonanda.

Xonanda 25 may kuni oila qurganini maʼlum qilgandi. Qoʻshiqchi toʻy haqida joylangan postda navbatdagi turmush oʻrtogʻini bir necha yillardan beri tanishini aytgan. Shuningdek, ular bir-birining sinovidan oʻtgan.

«Biz bir-birimizni 7 yil sinadik. Hatto ayro yoʻllardan ketdik. Men hurmat qiladigan erkak oʻta rashkchi va sanʼatni qabul qilolmaydigan boʻlishi kerak edi.

Shunday insonni sevdim. Faqat birga boʻlishimiz uchun yıllar kerak boʻldi. Va nihoyat rashk, qaysarlik, har xil shartlardan koʻra sevgimiz kuchlilik qildi. Alhamdulillah», — deb yozadi xonanda.

Keyinroq Kaniza sahifasiga yana bir post joyladi. Unda baxtga yetish toʻgʻrisida gapiriladi.

“Har bir qizning orzusi oq libosda yangi hayotga qadam qoʻyish. Va shuni bilingki, qizlarjonlar, baxtning ertasi yoki kechi boʻlmaydi. Olloh taqdiringizga kimni va qaysi vaqtni yozgan boʻlsa, oʻsha kuni baxtingizga yetasiz”, — deydi u.

Shuningdek, xonandaning homiladorligi haqida ham mish-mishlar tarqalgandi. Bunga uning Instagram sahifasiga joylagan oxirgi posti sabab boʻlgan. Kaniza hamkasbi Feruza Normatovaning singlisining toʻyiga xizmatga borgan. Xonanda oʻsha jarayonlardan videoni sahifasiga joylagan. Ushbu post ostida uning obunachilari bir qancha izoh qoldirgan. Ular Kanizani homilador deb oʻylagan. Chunki u toʻy xizmatiga keng koʻylak kiyib borgan va unda xonandaning qorni bordek koʻringan. Biroq keyinroq Kaniza oʻsha video ostidagi izohlarni oʻchirib qoʻygan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.