Mashhurlar

Shohruhxon nima sababdan ukalari oʻzi kabi mashhurmasligini aytdi — video

photo 452

Loading

Xonanda, aktyor Shohruhxon “M Kokteyl” koʻrsatuviga bergan intervyusida nima sababdan ukalari oʻzi kabi mashhurmasligini aytdi.

Shohruhxon butun umrini sanʼatga bagʻishlagan. Aktyor ukalari uchun esa sanʼat shunchaki mashgʻulot ekanini aydi. Xonanda yarim kuchda ishlangani uchun ularning ijodi shundayligini taʼkidladi. Biroq Shohruhxon ukalarida isteʼdod borligini ham aytib oʻtdi.

“Men butun umrimni sanʼatga bagʻishlaganman, ularda esa bu shunchaki mashgʻulot. Bu sohada koʻngli boʻlgani uchun yurishadi, lekin yarim kuchda ishlasa qanaqa boʻlsa, shunaqa. Yo u yoqqa, yoki bu yoqqa oʻtib olish kerak. Ularning ijodini yomon deb boʻlmaydi, yaxshi, isteʼdodi bor. Hali yosh, oldinda hayot bor” , — deydi xonanda.

Video:

Avvalroq Shohruhxon klipi uchun grim yordamida tanib boʻlmas darajada oʻzgargandi. Mazkur videoda grim yordamida oʻzgarganini koʻrish mumkin. Maʼlum qilishicha, bu yangi qoʻshiq uchun ishlanayotgan klip suratga olish jarayonidan lavha boʻlgan. Shohruhxon yangi taronasi quruvchilarga atalgan ekanini aytgan.

“Quruvchilarimizga atalgan yangi qoʻshiq suratga olish jarayonidan. Siz tufayli yurtimiz yanada goʻzal, baraka toping. Grim ustalarimizga gap yoʻq”, — deydi xonanda.

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.