Buxoro yangiliklari

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablar qatorida

photo 453

Loading

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

photo 03 116

Kecha, 5-avgust kuni poytaxtimizdagi “Simpoziumlar saroyi”da “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi rahbariyati va mutasaddilari, turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

photo 02 146

Tanlovning final bosqichida:

1-o‘rinni egallagan Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 97-maktab jamoasi – 500 000 000 so‘m;
2-o‘rinni egallagan Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 40-maktab jamoasi – 400 000 000 so‘m;
3-o‘rinni egallagan Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 5-maktab jamoasi – 300 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

6-avgust kuni Buxoro temir yo‘llar vokzalida g‘oliblarni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.

Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.