Salomatlik

Gulkaram va qiymadan tayyorlanadigan xushta’m taom retsepti

photo 462

Loading

Ushbu taomga kartoshka pyuresining o‘rniga gulkaram pyuresi solinadi. Uning yanada mazali bo‘lishini istasangiz pishloqdan foydalaning. Taomga o‘zingiz yoqtirgan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.


Kerakli masalliqlar:

1. Gulkaram — 1 dona;
2. Pishloqli krem — 100 gr;
2. Sut — 60 ml;
3. Tuz — ta’bga ko‘ra;
4. Murch — ta’bga ko‘ra;
5. Piyoz — 1 dona;
6. Sabzi — 1 dona;
7. O‘simlik yog‘i — 1-2 qoshiq;
8. Qiyma — 450 gr;
9. Un — 2 qoshiq;
10. Mol yoki tovuq go‘shtining sho‘rvasi — 150 ml;
11. Qattiq pishloq — ta’bga ko‘ra.


Tayyorlanish jarayoni: Gulkaramni gulbarglaridan ajrating va 10 daqiqa qaynating. Uning suvini to‘kib tashlang. Gulkaramni mayda bo‘laklarga bo‘ling va uning ustiga pishloqli krem, sut, tuz va murch solib aralashtiring. Piyozni mayda bo‘laklarga bo‘ling. Sabzini kattaroq tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. O‘simlik yo‘g‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Sabzi va piyozni yumshoq bo‘lgunga qadar bir necha daqiqa qovuring. Ustiga qiyma qo‘shib yana 5 daqiqa pishiring va tuz qalampir qo‘shib aralashtiring. Sabzavotli qiymaga un bilan soling va uni teng taqsimlash uchun aralashtiring. Bir daqiqadan so‘ng ustiga tovuq yoki mol go‘shti sho‘rvasini quying. Uni 5-7 daqiqa davomida qaynating. Sabzavotli qiyma go‘shtini idishga soling va tekis qatlamga yoying. Ustiga gulkaram pyuresini qo‘shing va teng ravishda yoying. Uni 20 daqiqa davomida 200 daraja haroratdagi pechga qo‘ying. Agar xohlasangiz, ustiga maydalangan pishloq sepib eriguncha pishiring. Yoqimli ishtaha!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.