Buxoro yangiliklari
Buxorodagi bir necha maktabga toza suv yetib bordi
Buxoro viloyatidagi 5 ta maktab va ularga tutash hududlar xavfsiz toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa «Zamin» fondining “Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Xususan, Peshko‘ tumanining 6-, 32-, 34-sonli va Jondor tumanining 20- va 21-sonli maktablarida quduqlardan suv bilan ta’minlash, suvni filtirlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatildi.
Tashqi va ichki suv ta’minoti, kanalizatsiya muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurildi. Lokal biologik tozalash tizimlari yaratilgani tufayli maktablardagi oqova suvlar tuproq va yerosti suvlar uchun xavfsiz bo‘lgan sug‘orish suvi darajasigacha tozalanadi.
Qayd etish joizki, loyiha «O‘zsuvta’minot» AJ va Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi