Buxoro yangiliklari

Buxoro shahridagi №17 va №37 avtobuslarining harakat yo‘nalishi o‘zgardi

photo 465

Loading

Joriy yilning 8-avgustidan 19-avgustiga qadar Buxoro shahrida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari “Umid” va “Dilkusho” sport majmualarida o‘tkazilishini hamda test sinovlari davrida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Muhammad Iqbol va Islom Karimov ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanishini inobatga olib, 17-sonli va 37-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatlanish yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgarishlar kiritilmoqda. Endilikda ular viloyat Buxoro viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazidan «Karvon» buyum bozoriga G‘ijduvon ko‘chasi orqali harakatlanadi.

Quyida esa 2022/2023-o‘quv yili uchun Buxoroda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan bino, stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlarni keltiramiz.

Aytish joizki, bu yilgi test jarayonlari Buxoro shahrida faqatgina 2 ta maznilda o‘tkaziladi. Bular, “Umid” futbol stadioni hamda “Dilkusho” tennis stadionidir. Quyida batafsil ma’lumor berilmoqda:

photo 01 131

Nomi: “Umid” futbol stadioni.
Manzil: Buxoro shahri, Tursunoy Avezova ko‘chasi, 15/3-uy.
1-sektor: 1–36-guruhlar.
2-sektor: 37– 52-guruhlar.
Geo-lokatsiya: https://goo.gl/maps/acjTH1eDeMgE5jNG8

photo 02 151


Nomi: “Dilkusho” tennis stadioni.
Manzil: Buxoro shahri, Islom Karimov ko‘chasi 24-uy.
Sektor: 3-sektor.
Guruhlar: 53–86-guruhlar.
Geo-lokatsiya: https://goo.gl/maps/VzT3GXbq1rS68ZHB7

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.