Buxoro yangiliklari

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Buxoroda bezorilar hujumiga uchradi – video

photo 483

Loading

Internet tarmog‘ida Buxorodagi yoqilg‘i quyish shaxobchalarining biri yonida sodir bo‘lgan voqea videosi tarqaldi.

Unda bir necha kishi yoqilg‘i quyish shaxobchasi oldida turgan, taxminlarga ko‘ra, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni M. Hikmatovga tashlanib, urib*-tepib, do‘pposlaydilar. Videoda shuningdek, jabrlanuvchi yerda yotgan vaqtida ham noma’lum shaxslar kelib uning yuz qismiga tepishadi. O‘rnidan tura olmasligiga ishonch hosil qilgan bosqinchilar voqea joyidan bamaylihotir ketishadi. Shundan so‘ng, jinoyat joyiga yetib kelgan tasodifiy guvohlar jabrlanuvchini turg‘azishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.

Aytishlaricha, ushbu hodisa joriy yilning 8-avgust kuni kechki payt sodir bo‘lgan.

Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xodimlarining ma’lum qilishacha, videolavhada aks etgan holat hodisa sodir bo‘lgan vaqtning o‘zidayoq Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida tegishli tartibda qayddan o‘tkazilib, hodisa sodir bo‘lgan joy, vaqt va ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Video:

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Buxoroisharif.uz» tahririyati voqealar rivojini kuzatib boradi va keyingi maqolalarimiz orqali yanada to‘liqroq ma’lumot berishga harakat qilamiz. Bizning saytimizni kuzatib boring!

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.