Buxoro yangiliklari

«Bukhara city» qurilishi qaysi bosqichda?

photo 485

Loading

Kuni kecha viloyat hokimi Botir Zaripov o‘zining o‘rinbosari Narzillo Hamdamov, Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov, “Bukhara City” direksiyasi DUK direktori Azimjon Po‘latov va boshqa mas’ullar hamrohligida zamonaviy turar-joy va ishbilarmonlik markazida borayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarining borishini ko‘rish uchun hududga bordi.

Qayd etish joizki, “Bukhara City” — qadimiy va hamisha navqiron shaharning milliy hamda Yevropa me’morlik san’ati uyg‘unligida, yuksak shaharsozlik andozalari asosida barpo etilishi ko‘zda tutilgan o‘ziga xos markazi. Imoratsozlikning ilg‘or va tan olingan namunalari asosida saralangan “Bukhara City” konsepsiyasiga muvofiq, umumiy loyiha qiymati dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, $550 000 000 ni tashkil etayotgan hududda 83 gektarda 73 ta lotdan iborat obyektlar o‘rin olishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-iyuldagi “Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Turkiyaning “Studio Vertebra” kompaniyasi tomonidan “Bukhara City” majmuasiga doir yagona konsepsiya asosida bosh loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan va amaliy sa’y-harakatga kirishilgan edi, – deydi “Bukhara City” direksiyasi rahbari Azimjon Po‘latov. — Unga ko‘ra majmuaning 25 gektarida 34 lotdan iborat, birinchi va ikkinchi qavatlarida tijorat ob’yektlari o‘rin oladigan ko‘p qavatli turar joy binolari loyihalashtirildi. Shuningdek, hududda 6,6 gektardan iborat 12 ta lotda zamonaviy dizayndagi mehmonxona binosi, 3 gektardan iborat 7 lotda xizmat ko‘rsatuvchi bank va ofis binolari, 5,3 gektarda yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot klinikasi va sport majmuasi, uning yonidan yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy markaz, muzey, kutubxona va yoshlar markazi kabi ijtimoiy inshootlar barpo etishga kirishildi.

Bundan tashqari, majmuaning 1,7 gektarini egallagan 5 ta lotda zamonaviy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim dargohlari, 1 gektardan oshiq yerda muhtasham 32 qavatli bino, 1,7 gektarda mahalliy va xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan anjumanlarga mo‘ljallangan ekspo-markaz hamda 1,4 gektarda yangilikka o‘ch yosh iste’dod egalari uchun ko‘p tarmoqli texnopark qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shu kunlarda realizatsiya qilingan jami 44 ta lotda qurilish–bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgan bo‘lsa, yana 15 ta Lot onlayn auksion savdolariga chiqarilgan. Bunda turk, rus, koreys, xitoy, eron investorlari bilan bir qatorda yigirmaga yaqin mahalliy tadbirkor sarmoyador hududda o‘z loyihasini amalga oshirish bilan bandligini ko‘rish mumkin.

[metaslider id=4611 cssclass=»»]

Mutasaddilar lotlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan ham tanishib, har bir loyihaning moliyaviy manbasi, pudrat korxonasi tomonidan bajarilayotgan ish ko‘lami va qurilish materiallari ta’minoti, jarayonda duch kelinayotgan muammolargacha e’tibor qaratdilar.

Viloyat hokimi har bir lotda borayotgan ishlarga o‘z munosabatini bildirib, mas’ul mutasaddilarga qurilish-bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, pudratchi korxonalar duch kelayotgan muammolarini zudlik bilan hal qilish, hududda to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan buziladigan va boshqa joyga ko‘chiriladigan obyektlar bilan bog‘liq ishlarni yakuniga yetkazishga doir tavsiya va topshiriqlarini berdi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.