Buxoro yangiliklari
«Buxoro» avtoshox bekati avtomobillar uchun yopildimi?
Joriy yilning 14-avgustidan boshlab M37-magistral yo‘li yoqasidagi «Karvon» buyum bozori ro‘parasida joylashgan «Buxoro» avtoshox bekatida shahardagi birinchi yer osti o‘tish joyi qurilishi boshlandi. Shu kundan e’tiboran, barcha yuk tashuvchi avtomobillar uchun bu yo‘l yopildi.
Endilikda ular Buxoro tumani, «Yo‘lboshchi» MFY hududidagi ko‘prik orqali quyidagi sxema bo‘yicha aylanma yo‘ldan foydalanishlari belgilandi:
Bu borada Buxoro viloyati IIB YHXB xabar e’lon qildi. Quyida uning to‘liq matnini keltiramiz:
«Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB shuni ma’lum qiladiki, Buxoro shahri hokimining joriy yil 13-avgust kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, Buxoro shahri hududidan o‘tuvchi A-380 va M-37-raqamli xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lida joylashgan “Karvon” chorrahasidan M-37-raqamli xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘li bo‘ylab, “Mohi xossa” chorrahasigacha bo‘lgan masofada ushbu yo‘lda yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi munosabati bilan, qurilish montaj ishlari tugagunga qadar mazkur avtomobil yo‘lida yuk avtomashinalarining harakati tasdiqlangan chizma asosida amalga oshiriladi.
Bu borada, barcha haydovchilardan tartibga soluvchi xodimlarning ishoralari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz!»
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi