Mashhurlar

Yulduz Turdiyeva oʻzi uchun taʼtil eʼlon qildi

photo 489

Loading

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yulduz Turdiyeva Instagram sahifasida oʻzi uchun taʼtil eʼlon qilganini maʼlum qildi.

Xonanda xizmatlar bilan juda charchaganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, obunachilari undan tez-tez shu haqda soʻraydi. Yulduz Turdiyeva dam olish uchun chet davlatiga ketayotganini taʼkidlab oʻtdi biroq u qaysi davlatligini maʼlum qilmagan. Xonanda taʼtildan kelgach, yana toʻy xizmatlariga chiqishini ham aytdi.

photo 02 160

“ʻYulduzxon har kuni xizmatlar bilan charchamaysizmi?ʻ, deb hol-ahvol soʻraydigan aziz kuzatuvchilarim, opa-singillarim, biroz toliqdim. Hammasi uchun Allohga shukur. Lekin mehnat qancha ogʻir boʻlsa, mevasi shuncha shirin boʻlar ekan. Biroz muddatga taʼtilga yoʻl olyapmiz. Duoda boʻling. Sogʻ-salomat borib yana vatanga qaytganda, yaxshi kunlarda diydorlashaylik. Sizlarga ham yaxshi kunlar nasib qilsin”, — deb yozadi xonanda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.