Mashhurlar

Zuhra Soliyeva Saida Rametova uni teatrda kamsitganini aytdi – video

photo 504

Loading

Aktrisa Zuhra Soliyeva YouTubeʻdagi “Sayyod” loyihasiga bergan intervyusida Saida Rametova uni teatrda hammaning oldida kamsitganini aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, aktrisa uni Xudo urgan, deb aytgan. Aktrisa shu sababli Zuhra Soliyeva uy ham ololmagani va hech kimga turmushga chiqolmaganini taʼkidlagan. Shuningdek, u jiyanini xunuk deb aytgan. Zuhra Soliyeva bu gapdan soʻng yigʻlagani va xunuk kulgani uchun yuzini chimchilaganini aytgan. Aktrisa Saida Rametova u haqda gapirganda hech kim yonini olmaganini ham taʼkidlagan.

“Bu yerda hozir kulib oʻtiribman. Teatrda hammaning ichida Saida opam turib, ʻMening jiyanim Xudo urgan odam. Haligacha uyi yoʻq, hech kim uylanmaydi. Undan ehtiyot boʻling. Sizlarni oʻqitib, rolingizni olyaptiʻ, dedi. Oʻsha yerda doʻstlarim bor edi lekin ular mening yonimni ololmadi. Ularning qoʻlidan hech nima kelmadi. Qoʻlidan kelgani ham oʻzidan qoʻrqdi. Undan tashqari sening yuzing xunuk dedi. Keyin uyga kelib, yigʻlaganman. ʻBuncha xunuk kulasan debʻ, yuzimni chimchilaganman”, — deydi aktrisa.

Video:

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.