Buxoro yangiliklari
Buxorolik ijodkorlar Jurnalistlar uyushmasi tomonidan taqdirlandi
Buxoro viloyati Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.
Marosimda so‘z olgan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Baxtiyor Asadov va boshqalar tomonidan mamlakatimizda istiqlol yillarida erishilgan ulkan yutuqlar, bunyodkorlik ishlari, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ijod ahlining qo‘shayotgan beqiyos hissasi, yurtimizda ijodkorlarning samarali ijod qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda mazkur tanlov muhim ahamiyat kasb etayotganligi alohida ta’kidlab, mazkur tanlovda 30 nafardan ortiq ishtirokchilarning 100 dan ortiq ijodiy ishlari ko‘rib chiqilganligi qayd etildi.
Shuningdek, bu yerda qatnashchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham namoyish etildi. Ularda istiqlol xalqimiz uchun ulug‘ ne’mat ekanligi, mustaqillik yillarida yurtimizda, xususan, Buxoroda qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarning mazmun-mohiyati, bunyodkorlik ishlari, boy tariximiz, xalqimizning urf-odatlari, milliy qadriyatlari ko‘rsatib berildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, teleradio yo‘nalishi bo‘yicha «Buxoro» teleradiokanali muharriri Hamid Gʻafurov, bosma ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, jurnalistlarning ijodiy ishlari yo‘nalishi bo‘yicha “Romitannoma” gazetasi muharriri Maxfirat Atoyeva, tasviriy san’at, foto va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom Rahim Hakimov taqdim etgan asar va ijodiy ishlari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi