O‘zbekiston

Buxorolik Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri bo‘ldi

photo 523

Loading

Kecha, 9-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Norov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.

Ma’lumot uchun, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

photo 02 173

Eslatib o‘tamiz, V. Norov 1955-yilning 31-avgustda Buxoro viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, 1976-yilda Buxoro pedagogika instituti (hozirgi BDU) ni, 1985-yilda Moskva Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Shuningdek, bir necha yillik samarali mehnati tufayli Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega hisoblanadi. 2003-yilda esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Mehnat faoliyati:

1978-1992-yillar – O‘zbekiston IIV tizimida turli lavozimlarda ishlagan;

1993-1995 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xalqaro huquq xizmati eksperti, konsultanti;

1995-1996 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari;

1996-1998 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi;

1998-2003 yillar – O‘zbekiston Respublikasining Germaniya, Shveysariya va Polshadagi Favqulodda va muxtor elchisi;

2003-2004 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

2004-2006 yillar – O‘zbekistonning Respublikasining Belgiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi, NATO va YI dagi missiya rahbari;

2006-2010 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri;

2010-2013 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari;

2013-2017 yillar – O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi, NATO va YEIdagi missiya rahbari;

2017-2018 yillar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori

2019-2021 yillar – Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi;

2021-2022-yillar – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari;

2022-yil 27-apreldan 8-avgustga qadar – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v. b.;

2022-yil 9-avgustidan – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.