Buxoro yangiliklari

Amir va kampir voqeasi

photo 536

Loading

Rivoyatlarga ko‘ra, mang‘itlar sulolasining Buxoroda chorak asr hukmronlik qilgan vakili Amir Abdulahadxon (1885-1910) davrida bir kampirning sigirini o‘g‘irlab ketadilar. Kampir chor-tarafga yugurib, o‘g‘rining nom nishonini topa olmaydi.

Axiri, onaxon Arkka yo‘l oladi. Sarbozlar dastlab uni ichkariga yo‘latishmaydi. Kampir iddaosini qo‘ymaganidan keyin, sarbozlar bu haqda amirga arz qilishadi. Amir esa, kampirni qabul qiladi:

– Xo‘sh, onajon, nima yumush bilan keldingiz?, – so‘radi podshoh kampirga ko‘z tashlarkan.

Kampir arzini aytdi. Amir uchun esa bu juda kichkina muammo edi.

– Onajon, kechqurun uxlab qolibsiz-da! Uyg‘oq bo‘lganingizda, o‘g‘ri sigiringizni olib ketmagan bo‘lardi, – dedi amir hazillashib. Saroy a’yonlari yengilgina kulib oldilar. Shunda:

– Amirim, – dedi kampir muloyimlik bilan, – Rost aytdingiz, men-ku, g‘aflat bosib, uxlab qolibman. Qaydan bilay, amirimiz hamisha uyg‘oq, sergak deb o‘ylabman-da!

Bu gap amirni juda o‘ylantirib qo‘ydi. Darhol kampirga katta bir sigir, yana ko‘pgina hadyalar berib jo‘nattirdi…

Darhaqiqat, buxoroliklar har zamonlarda hozirjavobliklari bilan ajralib turishgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.