Buxoro yangiliklari
Romitan tumani hokimi paxta dalasida – fotojamlanma
Bugungi kunda paxta xirmonining yuksalishiga barcha shahar va tumanlar kabi Romitan tumani ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, – deya xabar bermoqda Romitan tumani hokimligi Matbuot xizmati.
Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev tashabbusi bilan “Barchamiz paxta yig‘im-terimiga o‘z hissamizni qo‘shamiz!” shiori ostida tumandagi “Chelong‘u” hududiga qarashli “Kozim Bobo” fermer xo‘jaligi dalasida paxta terimi hashari bo‘lib o‘tdi.
Paxta yig‘im-terimiga tuman va qishloq mahallalaridan mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolar, uyushmagan yoshlar vakillari, uy bekalari hamda sektor rahbarlari, tuman tashkilotlari, idora va korxona rahbarlari hamda mahalliy aholi vakillaridan iborat ko‘ngillilar yig‘im-terim hasharida ishtirok etishdi.
Bundan ko‘zlangan maqsad dehqon va fermerlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan paxta hosilini nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga munosib hissa qo‘shishdir.
– Paxta hosilini yetishtirish, uni yig‘ib olish katta kuch va mehnat talab etadi. Bugun nafaqat faol hasharchilarni moddiy rag‘batlantirdik, muammolari bilan qiziqdik, balki o‘zimiz ham ularning safida turib puxta terdik, – deydi tuman hokimi Umedjon Barnoyev. – Yig‘im-terim mavsumida terimchilarimiz faollik ko‘rsatmoqda.
Hozir ham dalalarda hosilning mo‘lligi, terilgan paxta uchun terim pullari oshirilib, o‘z vaqtida berilayotgani ularning ishtiyoqini oshirmoqda. Ilg‘or hasharchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanayotgani ish sur’atining yaxshi bo‘lishini ta’minlamoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi