Buxoro yangiliklari

Shofirkondagi maktab direktorlari hokimiyat tomonidan mukofotlandi

photo 547

Loading

Davlatimiz rahbari tomonidan xalq ta’limi sohasidagi muammolarni samarali hal etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bularga birgina pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha ishlarni misol tariqasida keltira olamiz. Sababi, oxirgi yillarda o‘qituvchilarning ish haqi o‘rtacha 2,5 barobarga oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagoglarga esa 50% gacha qo‘shimcha oylik ustamalar to‘lanmoqda. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan o‘qituvchilarga pensiyasi to‘liq miqdorda berilmoqda.

Shofirkonni ayni sohada tahlil qiladigan bo‘lsak, tumandagi 2 972 nafar pedagogdan 310 nafari (10,4%) oliy toifali, 577 nafari (19,4%) 1-toifali, 967 nafari (32,5%) 2-toifali o‘qituvchilar hisoblanadi.

Davlat test markazi va Britaniya Kengashi hamkorligida ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilayotgan “APTIS for teachers” test sinovlarida tumanda faoliyat olib borayotgan 106 nafar chet tili fani o‘qituvchilari S1 darajani qo‘lga kiritdi.

Kuni kecha tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda aynan maktablarda o‘quv jarayoni holati, tuman, viloyat va respublika darajasidagi tanlovlar, bellashuvlar, fan olipiadalarida erishilgan natijalar, bitiruvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichlari keng muhokama qilindi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari, umumta’lim maktablari direktorlari, faol pedagoglar ishtirok etgan muloqot avvalida tuman hokimi Jamshid Sharopov bu borada istiqboldagi reja va vazifalar haqida to‘xtaldi.

Tadbirda oliy ta’limga qamrov bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 55-IDUM, 41- va 45-umumta’lim maktablari direktorlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va 10 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofotlari topshirildi.

Abituriyentlari eng ko‘p talabalikka qabul qilingan o‘quv tayyorlov kurslari rahbarlari faoliyati e’tirof etilib, ular ham munosib rag‘batlantirildi.

Uchrashuvda soha xodimlarining o‘z ustida izlanishi natijasida ular tomonidan fanga doir turli qo‘llanmalar yaratilib, keng ommalashtirilayotgani ham e’tirof etildi. Jumladan, bu borada 3-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot va fani o‘qituvchi Gulmira Barotova, 21-umumta’lim maktabining informatika fani o‘itquvchisi Nilufar Bozorova va boshqalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.