Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyati prokurori Buxoro tumanida fuqarolar qabulini o‘tkazdi

photo 548

Loading

Kecha, 14-sentabr kuni Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov Buxoro tumanining «Arabxona» mahallasida jismoniy va yuridik shaxslar qabulini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura Axborot xizmati.

Sayyor qabulda 30 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar va ularning vakillari murojaat qildi. O‘rganish jarayonida murojaatchilarning 10 nafarining muammolari shu joyning o‘zida ijobiy hal qilindi.

Xususan, fuqarolarning 5 nafari ishga joylashtirildi, 4 nafariga kredit mablag‘lari olib berilgan bo‘lsa, ehtiyojmand fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi.

Aholi tomonidan muddat talab etadigan ichimlik suv, tabiiy gaz ta’minoti, yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha tushgan murojaatlar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga nazorat tartibida hal qilinishi uchun topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.