Buxoro yangiliklari
Samarqand davlat universitetining talabalari Buxoroda sayohat qilishmoqda – fotojamlanma
Samarqand davlat universitetining 648 nafar talaba, 33 mas’ul, jami nafar 681 professor-o‘qituvchi va talabalari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi asosida Buxoroda bo‘lib turibdi. Mazkur dastur to‘rt kunlik sayohatni o‘z ichiga olgan bo‘lib, reja asosida Buxoro shahrining tarixiy yodgorliklari, qadimiy maskan va qadamjolarini ziyorat qilish ko‘zda tutilgan.
– Buxoroga sayohat dasturi biz, talabalarga yangi o‘quv yilini ko‘tarinki ruhda boshlab bermoqda, – deydi SamDU biologiya fakulteti talabasi Shahlo Tursunova. – Fakultetimiz dekan va dekan o‘rinbosarlari nazorati ostida Buxoro bilan tanishishni boshladik. Sayohatimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Shinam mehmonxonalar, sifatli oshxonalar, qolaversa, transport vositalari ham bizga yaxshi xizmat ko‘rsatmoqda. Ta’kidlashim kerakki, to‘rt kunlik sayohatimiz uchun barcha moliyaviy xarajatlar Samarqand davlat universiteti rahbariyati tomonidan to‘lab berilmoqda. Buning uchun Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodovga minnatdorlik bildiramiz.
– Yangi o‘quv yilini yaxshi kayfiyatda boshlab oldik, – deydi matematika fakulteti talabasi Sohib Mahmudov. – Buxoroga ilk bor kelishim, taassurotlarim a’lo darajada. Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Said Olimxonning yozgi qarorgohi hisoblanmish Sitorai Mohi Xossa, Ark qo‘rg‘oni, Labi hovuz ansambliga sayohat uyushtirdik. Bugun dastur asosida Yetti pirni ziyorat qilishni niyat qilganmiz.
– Bolaligimdan tarix sohasiga qiziqaman, – deydi talaba Sardor Ikromov. – Buxoro haqida ma’lumotga egaman, lekin bu qadim shaharga birinchi bor kelishim. Sayohatimiz davomida tirik tarixga guvoh bo‘lib turibman. Ayniqsa, Buxoro Arki haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Sayohatimiz biz, bo‘lajak tarixchilar uchun juda muhim.
SDU talabalarining Buxoroning tarixiy joylariga tashkillashtirilgan sayohati davom etmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi